Hodisalar

Erdoʻgʻon Hayit namozi vaqti hushidan ketib qoldi

© AP Photo / Francois MoriPrezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Erdoʻgʻon masjidga soat 05:20 da kelib fuqarolar bilan salomlashgan. Soat 06:00da prezident qoʻqqisdan oʻzini yomon his qilib qolgan.

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyyib Erdoʻgʻon bung tongda Hayit namozi vaqti hushidan ketib qoldi, lekin ayni damda prezidenti oʻzini yaxshi his qilayapti, deb xabar qilmoqda Turkiyaning Hurriyet gazetasi.

"Men diabet kasalligi oqibatida kelib chiqqan qon bosimi oshishi tufayli oʻzimni yoʻqotdim. Ayni damda oʻzimni yaxshi his qilayapman.", — dedi Erdoʻgʻon jurnalistlarga.

Turkiya nashri xabariga koʻra, Erdoʻgʻon masjidga soat 05:20 da kelib fuqarolar bilan salomlashgan. Soat 06:00da prezident qoʻqqisdan oʻzini yomon his qilib qolgan. Avval uning oldiga tan soqchilar yugurib kelishgan, keyin shifokorlar kelishgan. Jurnalistlar ichkariga kiritilmagan. Prezident namoz tugaganidan keyin intervyu bergan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala