TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Oʻtgan tunda Bellator 180turniri doirasida boʻlib oʻtgan navbatdagi jangda rossiyalik afsonviy yakkakurashchi Fyodor Yemelyanenko amerikalik Mett Mitriondan nokaut boʻldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Nyu Yorkda boʻlib oʻtgan jang, bor-yoʻgʻi 2 daqiqa davom etdi. Ikkala yakkakurashchi ham bir-biriga oʻta kuchli zarbalar berishdi va baravar qulab tushishda, lekin Mitrion darhol oʻziga kelib Fyodorga shiddatli zarbalar berishni davom ettirdi. Bir necha soniyadan soʻng referi jangni toʻxtatishga majbur boʻldi.
Ushbu jang aslida fevral oyida boʻlib oʻtishi kerak edi, lekin oʻshanda vrachlar Mitrionning jigarida tosh bor deb, jangni qoldirishgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Fyodor Yemelyanenko uchun beshinchi magʻlubiyat boʻldi. Umumiy hisobda esa bu 42 jang boʻldi. Mitrion esa 17ta jang oʻtkazib ulardan 12tasida gʻalaba qozondi.
Qoʻyida ushbu jang qanday boʻlib oʻtgani haqida qisqa videolavhani tomosha qilishingiz mumkin.