Jamiyat

Putin Rossiya musulmonlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Prezident Rossiya musulmonlar uyushmalarining jamoat hayotida ishtiroki va odamlar orasida doʻstlik va oʻzaro tushunishni oshirishda tutgan faoliyatini yuqori baholadi.

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyalik musulmonlarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

“Ramazon hayiti – butun dunyo musulmonlari tomonidan bir necha asrlar davomida nishonlanib kelayotgan asosiy diniy bayramlardan biridir. Muqaddas Ramazon oyi oxirida nishonlanadigan ushbu bayram negizida chuqur maʼno bor. U yangilanish, oʻz-oʻzini tarbiyalash,  yaxshilik qilishga doimo tayyor boʻlish va bechorlarga yordam berishni anglatadi.

Rossiyalik musulmonlar ota-bobolarining boy ruhiy va tarixiy meʼrosini eʼzozlab, ularni yosh avlodga uzatayotganini koʻrish quvonarlidir. Musulmon tashkilotlarining jamiyat hayotida, mamlakatning madaniy hayotida ishtirok etishi, xayrli, tarbiyaviy hamda vatanparvarlik tashabbuslarida ishtirok etishi — chin koʻngildan hurmatga sazovordir.

Ularning fuqarolar orasida tinchlikni saqlash, doʻstlik va oʻzaro tushunishni kuchaytirishda tutgan oʻrni alohida va muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor qayd etmoqchiman”, — dedi Vladimir Putin oʻzining tabrik soʻzida.

Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabari asosida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala