Iqtisod

Qirgʻiziston Qambar-Ota GESi uchun yangi investorlarni topdi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Fotobankka oʻtishStroitelstvo gidroelektrostantsii
Stroitelstvo gidroelektrostantsii - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya ushbu loyi=adan voz kechganidan keyin, Qambar-Ota GESi qurilishida Oʻzbekiston va Qozogʻiston sarmoyalaridan foydalanish borasida dastlabki kelishuvga erishilgan.

TOSHKENT, 25 iyun – Sputnik. Qirgʻiziston  Norin daryosining yuqori oʻzanida qurilishi rejalashtirilgan GESlar kaskadi uchun yangi investorlarni topdi, deb xabar qildi jurnalistlarga Almazbek Atambayev.

“Biz Norin daryosining ustki  qismida qurildigan GESlar uchun investor topdik. Shartnoma iyul oyining oxirida imzolanadi”, — dedi Almazbek Atambayev Moskvaga boʻlgan tashrifi vaqtida.

Dastlabki kelishuvga koʻra, Qambar-Ota GESi qurilishida Oʻzbekiston va Qozogʻiston sarmoyalaridan foydalaniladi.  

“Bu borada biz daryoning  quyi oʻzanida joylashgan mamlakatlar – Qozogʻiston va Oʻzbekiston bilan birgalikda qaror qabul qilishni istaymiz. Dastlabki kelishuvlarga koʻra, ularning ikkalasi ham bunga rozi", — dedi Atambayev.

Qambar-Ota GESini qurish qiymati, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra  3 mlrd. Dollarni  tashkil qiladi. Dastlab GES qurilishida Rossiya bosh sarmoyador

Yuqori Norin kaskad GES qurilish bazasi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiziston Oʻzbekistonni GES qurishga chaqirdi
boʻlishi haqida kelishilgan edi,  lekin keyinchalik Rossiya ushbu shartnomadan voz kechdi. 

Daryoning quyi oʻzanida joylashgan Oʻzbekiston va Qozogʻiston Qambar-Ota GESi qurilishi Oʻrta Osiyoning boshqa mamlakatlari uchun suv tanqisligiga olib kelishi mumkinligi tufayli, unga qarshi boʻlishgan edi.

Atambayevning fikriga koʻra, Rossiyaning "Oʻrta Osiyoning barcha suv resurslariga kalit boʻlgan", Qambar-Ota GESidan voz kechishi — katta xato boʻlgan.

“GES masalalasida men Vladimir Vladimirovichga shunday dedim: bu Rossiya tomonidan yoʻl qoʻyilgan katta xato boʻldi. Bir kun kelib siz buni tushunasiz va taaluqli muassasalar rahbarlarini jazolaysiz”, — dedi Atambayev.

Eslatib oʻtamiz, Alamazbek Atambayev 20 iyun kun Rossiyaga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Tashrif davomida Qirgʻiziston prezidenti Rossiya prezident Vladimir Putin bilan 20 iyun kuni uchrashgan edi.

Podrobno.uz xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala