Jamiyat

Rossiya musulmonlari Ramazon hayitni bayram qilmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPrazdnik Uraza-bayram v Rossii
Prazdnik Uraza-bayram v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Bu yil Rossiyada muftiylar kengashi tomonidan Hayit xarji kam taʼminlangan fuqarolar uchun 100 rubl, oʻrta taʼminlangan fuqarolardan 300 rubl va daromadi yaxshi boʻlgan fuqarolardan 500 rubl sifatidan belgilangan.

TOSHKENT, 25 iyun —Sputnik. Bugun Rossiyaning millionlab musulmonlari Ramazon hayit bayramini nishonlashmoqda.

Ramazon hayiti muqaddas Roʻza oyi tugashi munosabati bilan nishonlanadigan bayram boʻlib musulmonlarning eng katta bayramlaridan biri hisoblanadi. Arab tilida Ramazon hayiti “Id al-Fitr” deb nomlanadi. Aytishlariga qaraganda, ushbu bayramni Muhammad paygʻambarning oʻzi 624 yilda taʼsis qilgan.

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPrazdnik Uraza-bayram v Rossii
Prazdnik Uraza-bayram v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Prazdnik Uraza-bayram v Rossii
Odatda Ramazon hayiti tonggi Hayit namozidan boshlanadi. Undan soʻng musulmonlar uylariga tarqalib bayrm dasturxoni yoziladi. Bayr qarindoshlar va doʻstlar davrasida kutib olinadi. Musulmonlar bir-birlarini “Id-muborak!” deb tabriklashadi.

“Rossiya imomlari Hayit namozida  aytiladigan xutbalarida, Ramazon oyi tugasa ham, bizning yaxshi ishlarimiz, yaxshi niyatlarimiz va namozlarimiz doimiy va muddatsiz boʻlishi kerakligini, musulmonlar ushbu aRamaHfvoyida jamlagan ruhiy kuch va quvvatlari butun yil davom etib, kelasi Razon oyiga qadar yetishini tilab qolamiz”, — dedi Rossiya Muftiylar kengashi raisi oʻrinbosari Rushan Abbyasov RIA Novosti muxbiriga.

Hayit xarji

Qadimdan barcha musulmon mamlakatlarida Ramazon hayiti kuni “Zakot ul-Fitr” yaʼni Hayit munosabati bilan toʻplanadigan xayr-ehson puli jamlab uni muhtojlarga yordam sifatida berish odat boʻlgan.

Bu yil Rossiyada muftiylar kengashi tomonidan Hayit xarji kam taʼminlangan fuqarolar uchun 100 rubl, oʻrta taʼminlangan fuqarolardan 300 rubl va daromadi yaxshi boʻlgan fuqarolardan 500 rubl sifatidan belgilangan.

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPrazdnik Uraza-bayram v Rossii
Prazdnik Uraza-bayram v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Prazdnik Uraza-bayram v Rossii
Shuningdek, ayrim sabablarga koʻra roʻza tuta olmagan fuqarolar 150 rubldan fidya-sadaqa puli tulashi ham belgilangan.

Moskvada bayram tantanalari

Moskvada Jomeʼ masjidi Ramazon hayiti kutib olinadigan bosh maydon sifatida belgilangan. Moskva Jomeʼ masjidi musulmonlar uchun bugun tong soat 03:30 dan ochildi. Soat 07:00 da hayit namozi boshlandi. Unga Rossiya Muftiylar kengashi raisi shayx Ravil Gʻaynuddin yetakchilik qildi.

Rossiyaning yetakchi telekanallari ushbu marosimdan reportajlar tayyorlashdi.

Shuningdek, Hayit namozi, Moskvaning “Tatarskiy” kichik koʻchasidagi qadimiy masjidda, “Poklonnaya gora” memorial majmuasidagi masjidda va mahalliy hukumat ushbu tadbir uchun ajratgan boshqa bir necha maydonlarda boʻlib oʻtdi.

Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Putin Rossiya musulmonlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Ushbu munosabat bilan shaharning Hayit namozi oʻqiladigan bir necha koʻchalarida tong soat 04:00 dan 11:00 ga qadar avtomobil harakati cheklandi. Masjidlarga yaqin boʻlgan bir necha metro bekatlariga kirish ham bir necha soatga cheklandi. Undan tashqari shaharning odam gavjum joylarida alohida xavfsizlik choralari koʻrildi.

Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Sochida Konfederatsiyalar kubogi musobaqalari boʻlib oʻtmoqda. Unga dunyoning oʻnlab mamlakatlaridan minglab tomonabinlar va mehmonlar kelishgan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala