Turkmanistondan O‘zbekistonga gaz kondensatini import qilish hajmi ko‘paymoqda

© Nuz.uzFlagi Uzbekistana i Turkmenistana
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zaro manfaatli hamkorlik natijasida O‘zbekiston va Turmanistonda faoliyat ko‘rsatuvchi neftni qayta ishlash zavodlarining ishlab chiqarish quvvatlari oshadi

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga Turmanistonda qazib olinadigan gaz kondensatini import qilish hajmi ko‘paytiriladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri "O‘zbekneftegaz" MXK vakiliga tayangan holda.

Uchastok magistralnogo gazoprovoda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tabiiy gaz tanqisligi muammosi bartaraf etiladi

Joriy yil may oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amalga oshirilgan tashrifi chog‘ida Kaspiy dengizida gazni qazib olishda "O‘zbekneftegaz" kompaniyasi ishtirok etishi haqida kelishuv imzolangan edi.

"Hozirgi kunda Kaspiy dengizida Petronas (Malayziya) kompaniyasi ish olib bormoqda. Bu yerda Kiyanli gaz qazib olish konida malayziyaliklar gaz kondensatini qazib chiqarishmoqda. Ular bilan tegishli bitim imzolangan. Turmaniston hududida faoliyat ko‘rsatayotganligi uchun ulardan mahsulotni taqsimlash bitimi (SRP) asosida gaz kondensatini sotib olamiz. Ushbu masala Turkmaniston hukumati ko‘magisiz hal qilib bo‘lmaydi" — deb ta’kidladi "O‘zbekneftegaz" kompaniyasi xodimi.

"Turkmanboshi" neftni qayta ishlash majmuasiga gaz kondensati daryo bo‘ylab olib boriladi. U yerda gaz kondensati temir yo‘lga o‘tkazilib, Buxoro nefti qayta ishlash zavodiga jo‘natiladi.

Bu o‘zaro manfaatli hamkorlik ikki davlat neftni qayta ishlash zavodlarining ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga xizmat qiladi. Bu borada moliyaviy yo‘nalishdagi bir qator kelishuvlar imzolash rejalashtirilgan. Shu bilan birga, Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga import qilinayotgan gaz kondensatining narxini kamaytirish masalasi bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

"Turkmanistondagi hamkorlarimiz 30 kilometrlik temir yo‘lni qurish berish va’da qilingan. O‘shanda biz dengizgacha borishimiz kerak bo‘lmaydi. Gaz kondensati zavoddan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkaziladi, buning natijasida logistika harajatlari kamaytiriladi. Shu tamoyil asosida Xitoyning CNPC kompaniyasi bilan ham ish yo‘lga qo‘yilgan", — deb qo‘shimcha qildi "O‘zbekneftegaz" kompaniya vakili.

"Ikkinchi bitim O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga amalga oshirilgan davlat tashrifi chog‘ida imzolangan. Biz CNPC kompaniyasi bilan Kaspiy dengizi o‘ng qirg‘og‘ida qozib olinadigan kondensatni xarid qilish bo‘yicha kelishgan edik. U yog‘da kondensat xajmi katta emas, ushbu yo‘nalishda Turkmaniston tomon bizni tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlamoqda" — deb suhbatga yakun yasadi "O‘zbekneftegaz" kompaniya vakili.

Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi bugungi kunda Turkmaniston va Ozarbayjon hududlarida uglevodorodlarni qazib chiqarish nazarda tutuvchi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0