Iqtisod

Jismoniy yoki yuridik shaxslarga beriladigan sim kartalar soni cheklanadi

Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Yangi qoidalarning yana bir muhim jihati shundaki, beshta va undan ortiq raqamlarini olish uchun abonent - yuridik shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzish ushbu miqdordagi raqamlarga ehtiyojni yozma ravishda asoslab berishi zarur boʻladi.

TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan "Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish qoidalari" yangi tahrirdagi loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarni muhokamasi portalida umumiy muhokamaga qoʻyilgan.

Montaj vыshek sotovoy svyazi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mobil aloqa operatorlariga aloqa sifatini yaxshilash vazifasi yuklatildi
Yangi qoidalar talablariga koʻra, mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasi faqat abonent — jismoniy shaxs shaxsan boʻlganda va u tomonidan pasportning asl nusxasi (yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) taqdim etilganda yoki uning vakili shaxsan ishtirok etganda va u tomonidan pasportning asl nusxasi (yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat) va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma taqdim etilganda tuziladi.

Shuningdek, loyihaga asosan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish operator bilan birga, yangi ishtirokchi — diler tatbiq etish koʻzda tutilmoqda.
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzishdan oldin operator (yoki diler) ushbu abonent bilan ilgari tuzilgan amaldagi shartnomalarning mavjudligini maʼlumotlar bazasi bilan solishtiradi.

Yangi qoidalarning yana bir muhim jihati shundaki, operatorning beshta va undan ortiq raqamlariga ega boʻlgan abonent – jismoniy shaxs bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini tuzish faqat operatorning xizmat koʻrsatish punktlarida amalga oshiriladi. Yuridik shaxs bilan esa shartnomani tuzish uchun ushbu miqdordagi raqamlarga ehtiyojni yozma ravishda asoslab berilganda va operatorning xizmat koʻrsatish punktlarida amalga oshirish mumkin boʻladi.

Mobilnыy telefon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda "mobil qullik"ka barham beriladi

Loyihada quyidagi yangi tushunchalar kiritish taklif qilingan: mobil aloqa tarmogʻi operatorining dileri, oʻzini-oʻzi obroʻsizlantirgan diler, litsenziyaning amal qilish zonasi, passiv abonent, xizmat koʻrsatish punkti, dilerning xizmat koʻrsatish punkti, shlyuz (tarmoqlararo interfeys), GSM shlyuz, IP shlyuz.

Barcha fuqarolar ushbu qoidalar loyihasi boʻyicha oʻz takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarni muhokamasi portalida taqdim etishi mumkin.

2017 yil 1 iyul kuni ushbu normativ-hujjat loyihasi muhokama qilish jarayoni yakunlanadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0