Qo‘qon, Marg‘ilon va Andijon orasida elektrichka qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Denis Grishkin / Mediabankka o‘tishElektrichka
Elektrichka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aholiga qulay, arzon va xavfsiz transport xizmati ko‘rsatish doirasida, Farg‘ona vodiysining yirik shaharlari o‘rtasida elektrichka harakati yo‘lga qo‘yilayotgani — muhim qadam bo‘ladi.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Tez kunda Qo‘qon, Marg‘ilon va Andijon shaharlari o‘rtasida elektrichka qatnay boshlaydi, deb xabar berdi prezident rasmiy veb-sayti.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur turdagi temir yo‘l transport qatnovining yo‘lga qo‘yilishi Farg‘ona vodiysi aholisining turmush darajasi va sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

"Ilgari Farg‘ona vodiysida elektropoyezd qatnaydi desa, birov ishonmasdi. Endi Qo‘qondan Andijonga bir soatda yetib borish mumkin. Bu ham xalqimizning uzog‘ini yaqin qilish borasidagi, odamlar manfaatini ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlarimiz samarasidir", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekistonda temir yo‘l tarmog‘ini modernizatsiya qilish, aholiga qulay, arzon va xavfsiz transport xizmati ko‘rsatish doirasida, Farg‘ona vodiysining yirik shaharlari o‘rtasida elektrichka harakati yo‘lga qo‘yilayotgani — muhim qadam bo‘ladi.

Poyezd, sostoyashiy iz vagonov Tұlpar-Talgo - Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddan Ostonaga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan ushbu yo‘nalishlar uchun 5 elektrichka modernizatsiya qilindi. Natijada transport vositalarining tashqi va ichki qiyofasi butunlay o‘zgargan. Vagonlarga konditsioner, zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatilgan. Xorijdan yana 10 elektropoyezd olib keltirish rejalashtirilgan. Har bir elektrichka 6 vagondan iborat.

Joriy yilda Farg‘onadan Marg‘ilongacha bo‘lgan temir yo‘lni elektrlashtirish ishlari yakunlanadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0