Madaniyat

Oʻzbekiston Kann kinofestivaliga taklif qilindi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Fotobankka oʻtish69-Kann kinofestivalidan surat
69-Kann kinofestivalidan surat - Sputnik Oʻzbekiston
Oktyabr oyida Oʻzbekistonda Italiya kinosi kunlari tashkil etiladi

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. 21 iyun kuni "Oʻzbekkino" Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev Italiya va Frantsiyaning Oʻzbekistondagi elchilari Andrea Bertotssi va Violen De Vilmor bilan uchrashdi, deb xabar qildi "Oʻzbekkinog milliy agentligi" matbuot-xizmati.

Naomi Kempbell va Nikol Kidman - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Kann kinofestivali yulduzlari
Uchrashuvda 2017-2019-yillarda kinematografiya sohasida hamkorlikka oid yangi loyihalar muhokama qilindi. Joriy yilning oktyabr oyida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan "Italiya kinosi kunlari"ni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq bir qator masalalar kelishib olindi.

Shu bilan birga, Frantsiyaning Kann shahrida oʻtkaziladigan Xalqaro kinofestival doirasidagi tadbirlarda Oʻzbekiston tomonining ishtirokiga doir takliflar bildirildi.

Oʻtkazilgan uchrashuvlarda hamkorlikdagi tadbirlarni muntazam oʻtkazib borish mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlash va yanada rivojlantirishga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi, deyiladi xabarda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala