Hodisalar

Oʻzbek ijodkorlari tojikistonlik shoir Oʻlmas Jamol oilasiga taʼziya bildirishdi

© https://www.facebook.com/groups/487938374659826/Oʻlmas Jamol
Oʻlmas Jamol - Sputnik Oʻzbekiston
Bu haqda Feysbuk ijtimoiy tarmogʻida Anvarmirzo Xusainov xabar qildi

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. 27 iyun kuni Tojikistonning taniqli shoirlaridan biri Oʻlmas Jamol vafot etdi. Tojikiston Respublikasi hukumatining oʻzbek tilidagi nashri — "Xalq ovozi"ga koʻra, "Ūlmas Jamol — ikki birodar — ūzbek va tojik xalqlarining elchiligini ūz zimmasiga olgan" shoir edi.

Gullar - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbek va tojik doʻstligi kuychisi - shoir Oʻlmas Jamol vafot etdi
Ayni vaqtda Feysbuk ijtimoiy tarmogʻi foydalanuvchilari shoir vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirishda davom etishmoqda.

Jumladan, Anvarmirzo Xusainov oʻzbek shoiri Jamol Kamol va oʻzi nomidan Oʻlmas Jamol oilasiga chuqur hamdardlik bildirib oʻtdi.

"Oʻlmas Jamolni joylari jannatda boʻlsin. Oʻzbek va tojik adabiyotlarini birlashtirib turgan koʻpriklardan biri edi Oʻlmas Jamol. U kishining toʻrt jildlik saylanma asarlari kitobiga oʻzbek shoiri Jamol Kamol "Tiniq shaxsiyat — dilrabo sheʼriyat" sarlavhali kirish soʻzi bitgan. Ushbu maqolani keyinrok eʼlon qilaman. Marhum shoirni ahli oilasiga yoru doʻstlari va muxlislariga Jamol Kamol va men chuqur taʼziya bildiramiz", deb yozgan Anvarmirzo Xusainov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala