Jamiyat

MDH ichki ishlar vazirlari uchrashuvi Dushanbeda boʻlib oʻtmoqda

© MVD RTVstrecha ministrov vnutrennix del SNG v mejdunarodnom aeroportu Dushanbe
Vstrecha ministrov vnutrennix del SNG v mejdunarodnom aeroportu Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Majlisida ichki ishlar vazirlari tezkor qidiruv faoliyatida oʻzaro hamkorlik masalalarini, xalqaro terrorchilik, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va huquqni saqlash borasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi.

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Bugun Dushanbeda MDH mamlakatlari  IIV Kengashi majlisi boʻlib oʻtmoqda, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston IIV matbuot xizmatiga asosan.

IIVK majlisida ishtirok etish uchun Tojikiston poytaxtiga Ozarbayjon, II vaziri general-polkovnik Ramil Usubov, Belarussiya II vaziri  militsiya general-leytenanti Igor Shunevich, Qozogʻiston II vaziri — politsiya general-polkovnigi Kalmuxanbet Kasыmov, Qirgʻizistondan militsiya polkovnigi Ulan Isroilov, Rossiyadan politsiya generali Vladimir Kolokoltsev va Oʻzbekistondan general-mayor Abdusalom Azizovlar kelishgan.

Sotsialnыe seti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
IIV qidiruvdagi terrorchilar haqidagi maʼlumotni ijtimoiy tarmoqda joylashtiradi

Majlisida ichki ishlar vazirlari jinoyatchilikka qarshi kurash, tezkor qidiruv faoliyatida oʻzaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, xalqaro terrorchilik, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va huquqni saqlash borasidagi boshqa qoʻshma tadbirlar haqida oldin erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi masalalari muhokama qilinadi.

Kelajak izlanishlari markazi rahbari Sergey Masaulov aytishiga qaraganda, ekstremizmga qarshi kurash uchun MDH hududida ancha jiddiy choralar koʻrilmoqda, MDHning aksariyat mamlakatlarida siyosiy ekstremizm xavfini toʻxtatishga kuchi yetadigan siyosiy tizimlar shakllangan.

"MDH hududida yoshlarni siyosiy maqsadda ishlatilishi mumkin boʻlgan, ayrim xavfli hududlar mavjud. Bu borada oʻz mamlakatidan emas Rossiya yoki boshqa joydan ish izlashga majbur boʻlayotgan Markaziy Osiyo yoshlarining ahvoli juda qaltis. Yoshlar siyosiy ekstremizmdan terrorizm tomonga oʻtib ketmoqda. Eng xavfli vaziyat — mana shu yerda. Shu yerda darhol  ish boshlash kerak", — dedi ekspert.

MDHda davlatlar va tashkilotlar tomonidan ekstremizm va terrorizmning oldini olishga qaratilgan jiddiy qadamlar qoʻyilmoqda. Fuqarolik jamoasini birlashtirishga qaratilgan jiddiy ishlar qilinmoqda. Diniy tuzilmalar bilan ishlovchi  maxsus tashkilotlar yaratilgan. Ushbu ishning samarasi hali koʻrinmayotgan boʻlsada, lekin ish olib borilmoqda.

Rossiya Federal Jazo Oʻtash Xizmati (FSIN) boshligʻi oʻrinbosari Valeriy Maksimenko MDHda ekstremizm va terrorizm uchun sudlangan va qamoqqa olingan shaxslarning yagona maʼlumotlar bazasi tashkil qilinishini va bu ularni jinoiy jazoga tortish masalalarini yanada samaraliroq hal qilishini taʼkidladi. Terrorchi va ekstremistlar maʼlumotlar bazasi FSIN va MDH Aksilterror Markazi bilan hamkorlikda 2017 yilda ishlab chiqariladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala