Iqtisod

Elektr energiyasi va tabiiy gazni avtomatik tarzda hisobga olish tizimi takomillashtiriladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishZamena starыx elektroschetchikov v jilыx domax Vladivostoka
Zamena starыx elektroschetchikov v jilыx domax Vladivostoka - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev elektr energiyasi va tabiiy gazni avtomatik tarzda hisobga olish va nazorat qilish tizimini amaliyotga tatbiq etish ishlarini jadallashtirish boʻyicha Ishchi komissiyasini tuzish haqida topshiriq berdi

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Mazkur komissiyaga Bosh vazir oʻrinbosari, Iqtisodiy rivojlanish, tarkibiy oʻzgarishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimini isloh qilish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari Jamshid Qoʻchqorov boshchilik qiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Svet va gaz avtomatik tarzda hisobga olinadi

Birinchi navbatda komissiya tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazni avtomatlashtirilgan elektron hisobga olish va nazorat qilish tizimini joriy etish boʻyicha mavjud boʻlgan loyihalarning texnik-iqtisodiy parametrlar tahlil qilinadi. Oʻrganish jarayonida uning yagona tizimga ulash, amalga oshirish muddatlari va moliyaviy jihatdan oʻzini qoplash shartlari alohida eʼtiborga olinadi. Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish asboblari texnik xususiyatlari, infratuzilmasi hamda avtomatlashtirilgan tizimlar, tegishli jihozlar hamda dasturiy taʼminot vositalari batafsil oʻrganib chiqiladi.

Mutaxassislar tomonidan zamonaviy xorijiy tajriba asosida yagona huquqiy-texnik talablarni tasdiqlash boʻyicha takliflar tayyorlash zarur. Shuningdek, davlat standartlariga mos boʻlgan elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish avtomatlashtirilgan tizim hamda tashqi taʼsirlardan yuqori himoyalangan va yagona tizimga ulangan hisoblagichlar boʻyicha akliflar kiritish zarur boʻladi.

Eng muhim boʻlgan yoʻnalishlardan biri bu — texnik shartlari boʻyicha zamonaviy elektr energiya va tabiiy gaz hisoblagichlar va ularga tegishli boʻlgan jihozlarni  mahalliylashtirish dasturi asosida ishlab chiqarish masalasini hal qilish, shuningdek dasturiy taʼminot vositalari boʻyicha xorijiy sheriklarni jalb etish boʻyicha takliflar kiritish boʻyicha talablar qoʻyildi.

Zamena starыx elektroschetchikov v jilыx domax Vladivostoka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Hisoblagich koʻrsatkichini atayin oʻzgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Davlat rahbari sohada tajribaga ega boʻlgan yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan iyul oyi oʻrtalariga qadar uchrashuvlar tashkil etish boʻyicha    topshiriq berdi. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida Oʻzbekiston mutaxassislarini xorijiy mamlakatlarga yuborish masalasi boʻyicha takliflar tayyorlash haqida topshiriqlar berdi.

Mirziyoyev ikki oy muddat ichida topshiriqlar ijrosi boʻyicha tahliliy maʼlumotnoma hamda qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini  prezident devoniga kiritish toʻgʻrisida topshiriqlar berdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala