Dunyoda

AQSH 6 ta musulmon davlat fuqarolariga viza berish boʻyicha yangi mezonlarni qabul qildi

© AFP / SAUL LOEB Prezident SSHA Donald Tramp podpisыvayet rasporyajeniye, otmenyayuщeye Trans-Tixookeanskoye partnerstvo
Prezident SSHA Donald Tramp podpisыvayet rasporyajeniye, otmenyayuщeye Trans-Tixookeanskoye partnerstvo - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi mezonlar AQShning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga chorshanba kuni yuborilgan

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. AQSH maʼmuriyati aholisi asosan musulmonlardan iborat boʻlgan 6 ta davlat fuqarolari va barcha qochqinlarga viza berish boʻyicha yangi mezonlarni qabul qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev din ulamolari bilan uchrashuvda Tramp soʻzlaridan iqtibos keltirdi

Xabarda taʼkidlanishicha, bunday chora tegishli daʼvogarlarga vizani faqatgina AQShda yaqin oilaviy yoki ish aloqalarga ega boʻlsagina berishni nazarda tutadi. Ular AQShda ota-onasi, eri yoki xotini, katta yoshdagi farzandlari yoki aka-uka hamda opa-singillari yashashini hujjat bilan isbotlab berishlari talab etiladi. AQSH vizasi berilishida oʻzoq qarindoshlar eʼtiborga olinmaydi.

Shuningdek, yangi mezonlar AQShning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga chorshanba kuni yuborilgan.

AQSH oliy sudi dushanba kuni Donald Trampning migratsiya qarori boʻyicha ishni eshitishga rozi boʻldi. Koʻrib chiqish ushbu hujjatni toʻsib qoʻygan quyi pogʻonadagi sudyalarning koʻpchilik qarori bilan vaqtinchalik toʻxtatib qoʻyilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil yanvar oyida AQSH prezidenti Donald Tramp Suriyalik qochqinlarni qabul qilishni 120 kunga toʻxtatish va Iroq, Eron, Suriya, Sudan, Yemen, Liviya va Somali fuqarolarini 90 kunga AQShga kirishini cheklovchi qaror qabul qilgan edi. Migratsiyani cheklovchi ushbu qaror dunyoning ayrim mamlakatlarida va AQShning koʻpgina shtatlarida noroziliklar keltirib chiqargan edi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala