Jamiyat

Harbiylarning oila aʼzolari uchun boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi

© AP Photo / Anvar IlyasovOʻzbek harbiy xizmatchilari
Oʻzbek harbiy xizmatchilari - Sputnik Oʻzbekiston
Harbiylarning turmush oʻrtoqlari shahar tibbiyot muassasalari, taʼlim dargohlaridagi mavjud boʻsh ish oʻrinlariga qiziqish bildirmoqda

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida Toshkent garnizoni hududidagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilarining oila aʼzolari uchun boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etildi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Harbiy sir: Mirziyoyev Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi rahbariga qanday topshiriq berdi
Xabarda aytilishicha, yarmarkada poytaxtning 11 tumanidagi 200 dan ortiq korxona, tashkilot va taʼlim muassasalari 3 mingga yaqin boʻsh ish oʻrni bilan ishtirok etgan.

"Fuqarolarga boʻsh ish oʻrinlari va mehnat qonunchiligidagi imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Tijorat banklari xodimlari tomonidan kollej bitiruvchilariga imtiyozli kredit ajratish shartlari boʻyicha tavsiyalar berildi", — deyiladi xabarda.

Shayxontohur tumani bandlikka koʻmaklashish markazi maʼlumotiga koʻra tumandagi korxona va tashkilotlarda 1 ming 600 dan ortiq boʻsh ish oʻrni mavjud boʻlib, ish soʻrab murojaat qilayotgan fuqarolar mutaxassisligi boʻyicha korxona va tashkilotlarga biriktirilib, yoʻllanma berilgan.

Harbiylarning turmush oʻrtoqlari shahar tibbiyot muassasalari, taʼlim dargohlaridagi mavjud boʻsh ish oʻrinlariga qiziqish bildirmoqda, deb qayd etilgan xabarda.

Yarmarkaga ishga joylashish maqsadida kelgan Buvanbar Suyarova taklif etilayotgan ish oʻrinlari, mehnat sharoiti bilan yaqindan tanishgach, oʻz mutaxassisligi — matematika fani oʻqituvchisi sifatida Mirobod tumanidagi 147-umumtaʼlim maktabi yoʻllanma olgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala