Siyosat

Hukumat tarkibida oʻzgarishlar davom etmoqda

© Press-slujba prezidenta RUzOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari tayinlandi

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Umarov Olimjon Muxamadjanovich Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident qator rahbarlarga "hayfsan" berdi va ayrim hokimliklarni jiddiy ogohlantirdi
"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-iyundagi PQ-3102-son qaroriga muvofiq Umarov Olimjon Muxamadjanovich Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi", — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 27 iyun kuni Oʻzbekiston prezidenti Hukumat tarkibida qator oʻzgarishlarni amalga oshirgan edi.

Jumladan, Bahromjon Norkobilov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga;

Bahodir Nizomov Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari lavozimiga;

Tohir Haydarov Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining oʻrinbosari lavozimiga;
Nodir Xusanov Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimiga;

Uzoqboy Begimqulov Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining ilm-fan boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala