"Ivanushki" guruhi sobiq solisti Oleg Yakovlev vafot etdi

© Sputnik / StringerOleg Yakovlev
Oleg Yakovlev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan taniqli xonanada Oleg Yakovlev noyabr oyi oxirlarida Sputnik O‘zbekiston nashri uchun intervyu bergan edi

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. "Ivanushki International" guruhining sobiq xonandasi Oleg Yakovlev 48 yoshida Moskvada olamdan o‘tdi. Bu haqda xonandaning rafiqasi Aleksandra Kutsevol o‘zining Instagrammdagi sahifasida xabar bergan.

Ivanushki International vokalisti Oleg Yakovlev - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq "Ivanushki" guruhi solisti: menda sharqona xususiyatlar ko‘p
Sal oldin artist shifoxonaga yotqizilgan, shifokorlar unga ikki tomonlama o‘pka shamollashi tashxisini qo‘ygan ekan.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, xonanda shu kungacha og‘ir ahvolda reanimatsiyada yotgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Sputnik O‘zbekiston nashriga bergan birinchi va so‘nggi intervyusida Oleg Yakovlev mushtariylarga "Men barchangizning ota-onangiz, qarindoshlaringiz sog‘-salomat bo‘lishini, uyingiz to‘la mehmon bo‘lishini istayman. Sizlarda hammasi yaxshi bo‘lsin", — deya tilak bildirgan edi…

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0