Mirziyoyev Turkmanboshini yubileyi bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni yubileyi bilan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, baxt-saodat, davlat rahbaridek mas’uliyatli faoliyatida yangi-yangi muvaffaqiyatlar, qardosh Turkmaniston xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-kotibi.

Qayd etilishicha, Mirziyoyev suhbat avvalida Turkmaniston prezidentini 60-yillik yubileyi munosabati bilan samimiy muborakbod etgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev birinchi rasmiy safarini nega Rossiyadan emas, Turkmanistondan boshlayapti?
"O‘zbekistonda Turkmaniston Prezidentini jahon miqyosidagi buyuk davlat va siyosat arbobi, katta hayotiy tajribaga ega, umrini o‘z mamlakati farovonligi va ravnaqiga sadoqat bilan xizmat qilishga bag‘ishlagan fidoyi rahbar sifatida yaxshi bilishi ta’kidlandi", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, tomonlar mintaqaviy va xalqaro siyosatning o‘zlarini qiziqtirgan dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashgan.

Muloqot so‘ngida Mirziyoyev Turkmanboshini yubileyi bilan yana bir bor samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, baxt-saodat, davlat rahbaridek mas’uliyatli faoliyatida yangi-yangi muvaffaqiyatlar, qardosh Turkmaniston xalqiga tinchlik va farovonlik tilagan.

Eslatib o‘tamiz, 2009-yilning 29-iyun kunida Turkmanistonda prezident muzeyi tashkil qilingan bo‘lib, u yerda Turkmanboshiga hadya etilgan sovg‘alar saqlanib kelinadi. Bular asosan, turli xildagi oltin haykalchalar, gilamlar, shaxmatlar va boshqa narsalardir. Internet nashrlarda berilgan xabarlarga ko‘ra, 2013-yilda Turkmanboshining tavallud kunida xonanda Jennifer Lopes qatnashgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0