Surxondaryoda jahon andazalariga mos bolalar lageri ochildi

© press-slujba lagerya Amudaryo"Amudaryo" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi, Surxondaryo viloyati
Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi, Surxondaryo viloyati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 28-iyun kuni Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan "Amudaryo" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Surxondaryo viloyatida "Amudaryo" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi barpo etilib, foydalanishga topshirildi, deb xabar qildi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot-xizmati.

Umid gulshani sanatoriysi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning chet elda ham mashhur sanatoriysi zamonaviylashtirildi
Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston kasaba uyushma Federatsiyasi, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari, viloyat hokimiyati, hamkor tashkilotlar mutasaddilari, faxriylar va ota-onalar ishtirok etdilar.

"Jahon andozalari talablariga mos ravishda barpo etilgan "Amudaryo" bolalar sog‘lomlashtirish majmui tom ma’noda o‘g‘il-qizlarni nafaqat maroqli dam oldirish va jismonan chiniqtirish, balki ularning intellektual salohiyatlarini rivojlantirish, o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi markaz sifatida ish boshladi", — deyiladi xabarda.

© press-slujba lagerya AmudaryoSurxondaryo viloyatida foydalanishga topshirilgan "Amudaryo" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Detskiy ozdorovitelniy lager Amudaryo - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryo viloyatida foydalanishga topshirilgan "Amudaryo" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan barpo etilgan mazkur "Amudaryo" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan viloyat mehnatkashlari farzandlarini o‘z quchog‘iga olgan.

© press-slujba lagerya AmudaryoSurxondaryo viloyatida foydalanishga topshirilgan "Amudaryo" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Detskiy ozdorovitelniy lager Amudaryo  - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryo viloyatida foydalanishga topshirilgan "Amudaryo" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

6 gektardan ziyod maydonda qurilib, foydalanishga topshirilgan ushbu maskanda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari uchun qariyb 34 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Bu esa O‘zbekistonda yosh avlod vakillarini har tomonlama barkamol etib tarbiyalash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri darajasiga ko‘tarilganligining yorqin dalilidir.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Turkmenistan - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda dam olayotgan o‘zbekistonlik bolalar bilan uchrashdi
Kelajakda mashhur xalqaro bolalar markazi — "Artek" darajasiga yetkazilishi rejalashtirilayotgan ushbu maskanda ayni vaqtda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, Madaniyat va ma’rifat markazi, boy kitoblar zahirasiga ega zamonaviy Axborot-resurs markazi, to‘garak xonalari, shinam yozgi amfiteatr, salobatli tantanalar maydoni, suzish havzasi, futbol, voleybol, basketbol va tennis maydonchalari, yotoq binolari, oshxona, yuvinish xonalari barpo etilib, foydalanishga topshirilgan.

Shuningdek, oromgohga olib boruvchi yo‘llar va hudud asfaltlanib, ota-onalar uchun shinam suhbat ayvonchalari barpo etilgan.

Oromgoh tibbiyot majmuida o‘g‘il-qizlarning salomatligi doimiy nazorat qilib borilmoqda. Bolajonlar salomatligini mustahkamlash maqsadida jannatmakon diyorimiz bag‘rida yetishtirilgan tabiiy ne’matlar va giyohlardan tayyorlangan damlamalar tayyorlanib, ovqatlanish ratsioni boyitilmoqda.

Joriy yilda 5 navbatda faoliyat yuritishi ko‘zda tutilgan yangi oromgohda 1000 nafardan ziyod surxondaryolik o‘g‘il-qizlar maroqli dam olib, salomatligini mustahkamlashi rejalashtirilgan. Kelgusida yil davomida faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan ushbu dam olish maskani butun respublikadagi bolajonlarni o‘z quchog‘iga chorlashi kutilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0