Yo‘llardagi qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash tizimi joriy etiladi

© Yuriy Korsunsev / Gazeta.uzDorojnoe dvijenie v Uzbekistane
Dorojnoe dvijenie v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu maxsus qurilma yo‘l harakati xavfsizligi xizmat avtomashinalariga o‘rnatiladi. Qurilma qoidabuzarlik sodir etib, jarima to‘lamay yurgan transport vositalarini bevosita harakat jarayonida aniqlash imkonini beradi

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Toshkent shahar YHXB xizmat avtomashinalariga yo‘llardagi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimni o‘rnatishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Dorojnoe dvijenie v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
IIV Toshkentda jarima to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan korxonalar ro‘yxatini e’lon qildi

Toshkent shahar YHXB xodimlari ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda yo‘l xavfsizligi xizmat avtomashinalari "Avtokon" qurilmalari bilan jihozlanmoqda. Maxsus qurilma avtomashinalar bevosita harakatlanayotgan jarayonda davlat raqamlarini avtomatik tarzda aniqlaydi.

"Hozirgi kunda yo‘l xavfsizligi xizmatida maxsus ma’lumotlar bazasi yuritiladi. Ushbu bazaga jarimalarni to‘lashdan qochib yurgan haydovchilar va qidiruvdagi avtomashinalarning davlat raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tizimli ravishda kiritib borilmoqda. Maxsus qurilma yordamida ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar bilan solishtirilib, davlat raqami mavjud bo‘lgan avtomashinalar haqida yo‘l xavfsizligi xizmati inspektoriga xabar beriladi. Shundan so‘ng, qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi avtomashinasi to‘xtatiladi", — deb ta’kidladi YHXB xodimi.

Maxsus tizimning yana bir muhim jihati shundaki, tizim avtomashinlar ko‘p avtomashinalar harakatlanayotgan yo‘llarda ishlay oladi. Qurilma davlat raqamlarini yuqori tezlikda aniqlash imkoniyatiga ega. Eng asosiysi, to‘xtatilgan qoidabuzarlik sodir etgan avtomashinalarni jarima turargohlarga olib bormasdan, jarimalarni shu joyning o‘zida to‘lash huquqi beriladi.

Shu bilan birga, ushbu avtomatlashtirilgan tizim qurilmalarni Toshkent shahriga kirish IIV postlariga va shahar ichida bo‘lgan ko‘chmas postlariga o‘rnatish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar boshqarmasi 8-shahar ichki ishlar bo‘limi faoliyati bilan tanishdi. Prezident ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan muloqot qildi, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ish jarayoni bilan tanishdi. Shu yerda "Avtokon" — avtomashinalarning davlat raqamlarini avtomatik aniqlash va qoidabuzarliklarni qayd etish maxsus apparatining taqdimoti o‘tkazildi.

Davlat rahbari ushbu qurilmani yanada takomillashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0