Zarafshon darosiga o‘zini tashlagan qizning hayoti saqlab qolindi

© Sputnik / Yuriy Streles / Mediabankka o‘tishUcheniya spasateley na plyaje
Ucheniya spasateley na plyaje - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FVV xodimlarining tezkor va professional hatti-harakati natijasida o‘zini daroga tashlagan qizning hayotini saqlab qolindi.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Ushbu yilgi cho‘milish mavsumi boshlanganidan beri, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda OAVlar bilan birgalikda suv havzalarida profilaktik chora tadbirlar o‘tkazib kelmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati. 

2017 yilning 29-iyun kuni, Buxoro viloyati Jondor tumanining Zarafshon darosi bo‘yida mahalliy FVV xodimlari profilaktika tadbirlari o‘tkazilayotgan vaqtda, shu yerga yaqin joyda bir qiz o‘zini suvga tashlab cho‘kib ketganligi haqida xabar yetib keladi.

Qutqaruvchilar voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, qizning aniq suvga tushgan joyini guvohlardan aniqlanib olinadi. Olib borilgan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida, cho‘kkan qiz topib, suvdan chiqarib olinadi.

Qutqaruvchilar jabrlanuvchining yurak urishi to‘xtaganligini aniqlagach, darhol birinchi yordam ko‘rsatdilar. Jabrlanuvchi, nafas olishni boshlagach qutqaruvchilar uni yo‘lovchi mashinada tuman tibbiyot birlashmasiga olib bordilar. Yo‘l davomida jabrlanuvchiga bir necha bor yordam ko‘rsatildi. Tibbiyot birlashmasida malakali yordam ko‘rsatilib, qiz xushiga keltirildi.

Bir necha mutaxasissning tezkor hatti-harakatlari va professional yordam natijasida yana bir inson hayoti saqlab qolindi.Cho‘kkan insonni qutqarib qolish — maksimal darajada tezkor hatti-harakatlarni talab etuvchi jarayondir. Bunday vaziyatda har qanday sustkashlik yoki harakatsizlik inson taqdirini hal etadi.

Qizning ota-onasi, yaqinlari va mahalladoshlari qutqaruvchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

 

Yangiliklar lentasi
0