10-11-sinflar ochilgan maktablar boshqa maktab o‘quvchilarini qabul qilmaydi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishInteraktivnaya shkola v Volgograde
Interaktivnaya shkola v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tajriba tariqasida ochilgan 11-yillik maktablarga boshqa maktab o‘quvchilari qabul qilinmaydi.

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Kecha O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Majlisda xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov 10-11-sinflar tajriba tariqasida gumanitar va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktablarda ochilishini ta’kidladi.

"Yangi ochilgan 10-11-sinflarda faqatgina ushbu tajriba qo‘llaniladigan maktab bitiruvchilari o‘qishlari mumkin, ya’ni 10-11-sinflar ochilmaydigan boshqa maktab o‘quvchilari ushbu maktablarga o‘ta olmaydilar", — deyilgan xabarda.

Vazirning ushbu qaroriga muvofiq maktab direktorlariga  10-11-sinflarga boshqa maktab o‘quvchilarini qabul qilmasliklari haqida kafolat xati yozib berishga ko‘rsatma berildi.

Shuningdek,  yig‘ilishda 3-iyuldan boshlab shahardagi barcha kollej va litseylarda, odatdagidek hujjat qabul qilish boshlanishi ham aytib o‘tildi.

Yangiliklar lentasi
0