Saudiya podshosi "Katta yigirmatalik" sammitiga bormasligini tasdiqladi

© AP Photo / Khalid MohammedSaudiya Arabistoni podshosi Salmon bin Abdulaziz Al-Saud
Saudiya Arabistoni podshosi Salmon bin Abdulaziz Al-Saud - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoni podshosi Qatar atrofida avj olgan diplomatik mojaro tufayli "Katta yigirmatalik" sammitida ishtirok etishdan bosh tortmoqda

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Saudiya podshosi Salmon ibn Abdul Aziz Al Saud Gamburgda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan "Katta yigirmatalik" sammitida ishtirok etishdan voz kechdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Goroda mira. Doxa - Sputnik O‘zbekiston
Qatar hukumati qirol oilasi ozod etilishi uchun jangarilarga 1 mlrd dollar to‘ladi
Nashrga ko‘ra, bu haqda Germaniya hukumati rasmiy vakili Shteffen Zaybert ma’lum qilgan.

Ilgariroq Sueddeutsche Zeitung gazetasi Saudiya podshosi Qatar atrofida avj olgan so‘nggi hodisalar tufayli sammitda qatnashishdan voz kechganligi haqida xabar tarqatgandi. Shuningdek, sammitda Saudiya Arabistonidan mamlakat Moliya vaziri Muhammad Al-Jadaan qatnashishi qo‘shimcha qilingan edi.

"Biz bu borada rasmiy bildirish olganimizni tasdiqlashim mumkin", — deb aytgan Zaybert brifing davomida. Ammo u saudiyachilar podshosi nima uchun sammitda ishtirok etishdan voz kechgani sababini ochiqlamagan.

Zaybert, shuningdek, Saudiya Arabistonidan ushbu sammitda kim qatnashishi Germaniya tomonga ma’lum emasligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, "Katta yigirmatalik" (G20) sammiti Germaniyaning Gamubrg shahrida 7-8 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0