Iqtisod

Uzcard plastik kartalariga MasterCard orqali pul oʻtkazish mumkin boʻladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishBankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard
Bankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard - Sputnik Oʻzbekiston
Ayni vaqtda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatning barcha viloyatlaridagi savdo-xizmat koʻrsatish korxonalarida MasterCard kartalaridan foydalanish uchun terminallarga dasturiy taʼminot oʻrnatish ishlarini olib bormoqda

TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Uzcard tizimida MasterCard kartasi orqali pul oʻtkazish jarayoni sinovdan oʻtkazildi. Bu haqda Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Plastikovыe kartы Uzcard - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Uzcard overdraft xizmati joriy qilmoqchi

Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi MasterCard xalqaro toʻlov tizimi va Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda MasterCard xalqaro toʻlov kartalari xizmatidan foydalanish boʻyicha loyihani ishga tushirdi.

Ayni vaqtda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatning barcha viloyatlaridagi savdo-xizmat koʻrsatish korxonalarida MasterCard kartalaridan foydalanish uchun terminallarga dasturiy taʼminot oʻrnatish ishlarini olib bormoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki yaqindagina Uzcard mijozlari uchun QIWI pul oʻtkazish tizimidan foydalanish imkoniyatini beruvchi xizmatni yoʻlga qoʻyganini eʼlon qilgandi. Mazkur xizmat asosan Rossiya hududida mehnat qiluvchi va daromadlarini oʻz yurtiga joʻnatuvchi Oʻzbekiston fuqarolariga moʻljallangan. QIWI tizimiga bogʻlanganidan soʻng onlayn-kartaga AQSH dollarida pul mablagʻlarini joʻnatish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala