Siyosat

TIVda Gruziya elchisi bilan uchrashuv oʻtkazildi

CC BY-SA 2.0 / t_y_l / P9070968Oʻzbekiston TIV binosi
Oʻzbekiston TIV binosi - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuvda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar va Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini oʻtkazish muddatlari rejasi muhokama qilingan

TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida Gruziya Elchisi bilan uchrashuv oʻtkazildi, deb xabar qildi TIV matbuot-xizmati.

Tbilisidagi prezident saroyi gumbazida oʻrnatilgan bayroq - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston Gruziya bilan transport sohasida hamkorlik qiladi
"2017 yilning 4 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Gruziyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Konstantin Jgenti bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqot chogʻida turli sohalarda Oʻzbekiston-Gruziya muloqotini yanada mustahkamlash istiqbollari, jumladan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qoʻshma tadbirlar rejasi ("Yoʻl xaritasi") loyihasi yuzasidan fikr almashildi", — deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, uchrashuvda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar va Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini oʻtkazish muddatlari hamda turli darajalardagi boshqa tashriflar rejasi muhokama qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala