Jamiyat

Seul meridan tavsiyalar: piyodalar uchun shahar, raqamli kabinet va boshqalar

© Assotsiatsiya koreyskix kulturnыx tsentrov UzbekistanaMer g.Seula g-n Pak Von Sun
Mer g.Seula g-n Pak Von Sun - Sputnik Oʻzbekiston
Seul meri Pak Von Sun Toshkentni yanada zamonaviylashtirish borasida oʻz fikrlarini bildirdi

TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Toshkentga tashrifi doirasida Seul meri Pak Von Sun ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani oʻtkazdi, deb xabar beradi "Jahon" AA. Agentlik muxbiri Shahriyor Turgʻunboyev Seul shahri rahbarining jurnalistlar bilan muloqoti chogʻidagi muhim va qiziqarli fikrlarini keltirdi.

Piyodalar uchun shahar

Shaharlar rivojlanib borar ekan, transport vositalari borgan sari muhim ahamiyatga ega boʻladi. Shu bois Janubiy Koreyada merlar transport infratuzilmasini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratishadi, —deydi Seul meri. –Lekin mening maʼmuriyatim diqqat markazida eng avvalo inson va uning hayoti turadi. Shuning uchun biz Seulni piyodalar uchun shaharga aylantirmoqdamiz. Mening tashabbusim bilan yaqinda sobiq avtomagistral oʻrnida jamoat parki bunyod etildi. Bunday maskanlar bizning kelajagimiz deb hisoblayman. Bugungi kunda butun dunyoda mana shunday tamoyil kuzatilmoqda.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Seul meri Mirziyoyevga prezident Mun Chje Indan taklifnoma olib keldi

Toshkentda ham piyodalar uchun ekologik toza koʻcha va parklar, velosiped yoʻlkalari yaratishga eʼtibor qaratishni tavsiya qilgan boʻlardim. Bunday tadbirlar atmosferaga zararli chiqindilar ajralishi va energiya sarfini kamaytiradi.

Transport tizimi qanday boʻladi?

Piyodalar uchun qulay sharoitlar yaratish transport sohasini qoʻllab-quvvatlash qisqarishini anglatmaydi. Maʼmuriyatimiz jamoat transportini, birinchi navbatda metropolitenni rivojlantirish ustida ishlamoqda. Rejamizga koʻra, har bir fuqaro qayerda istiqomat qilmasin, uyidan eng yaqin metro bekatiga 10 daqiqa ichida yetib borishi kerak. Bu esa aholining ekologik toza jamoat transportlari foydasiga shaxsiy avtomobillardan voz kechishiga olib keladi.

Toshkentda ham xuddi shunga oʻxshash tajribani tatbiq etish orqali shaxsiy avtomobillar sonini kamaytirish va ularning shahar markaziga kirishini cheklash mumkin. Shu bilan bir vaqtda jamoat transporti sonini oshirish va ularning oraliq vaqtini qisqartirish darkor.

IT-texnologiyalar va shaharni boshqarish

Munitsipal boshqaruvda shahar hokimining aholi bilan muloqoti eng muhim omil hisoblanadi. Bizning ishimizda muammo yoki kelishmovchiliklar koʻp uchraydi. Lekin bularning barini xalq bilan muloqot qilish va murosa orqali hal qilish mumkin. Mening jamoam shaharni boshqarish boʻyicha Live Seoul deb nomlanuvchi zamonaviy interaktiv tizim va "Merning raqamli kabineti"ni ishlab chiqdi. Ushbu texnologiyani joriy etish uchun ikki yil talab qilindi. Shu bilan birga, har qanday yangi texnologiya ham fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot oʻrnini bosa olmaydi.

Daniyalik arxitektor Yan Geyl - Sputnik Oʻzbekiston
Arxitektor Yan Geyl: Toshkent koʻchalarini piyodalarga qaytarish zarur

Menimcha, Toshkentda ham aholi bilan muloqot qilishning mana shunday hi-tech mexanizmlarini yaratish mumkin. Seul bu yoʻnalishda yordam berishga hamisha tayyor.

Oʻzbekistondagi etnik koreyslar haqida

Koreyslar murakkab vaqtlarda Markaziy Osiyo mamlakatlariga koʻchirib keltirilgan. Shunisi quvonchliki, ular Oʻzbekistonda oʻzlarining ikkinchi vatanlarini topdilar. Koreyslarni oʻz yaqinlari kabi qabul qilgani uchun xalqingizga minnatdorlik bildiraman. Sizlar tufayli koreyslar oʻzbek jamiyatining toʻlaqonli aʼzolariga aylanishdi.

Yoshlar – kelajagimiz

Men oʻzbek yoshlari vakillari bilan uchrashishga muyassar boʻldim. Ularning oʻz orzu, maqsad va hayotga shaxsiy qarashlari borligi meni quvontirdi. Ular oʻz ezgu rejalarini amalga oshirish yoʻlida charchoq bilmay mehnat qilmoqdalar.

Kurashchilar - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Janubiy Koreyada oʻzbek milliy kurashi ommalashmoqda

Yoshlar kelajagimiz ekanligi bois Seul maʼmuriyati oʻsib kelayotgan avlod sifatli taʼlim olishi, jumladan, xorijiy tillarni oʻrganishi, munosib ish topishi, oʻz biznesini tashkil etishida har tomonlama yordam beradi.

Janubiy Koreya poytaxti Seul megapolis boʻlib, aholisi 10 milliondan oshadi.

2006 yilda Seul va Toshkent oʻrtasida Doʻstlik kelishuvi imzolangan, 2010 yilda esa birodarlashgan shaharlarga aylanishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala