Jamiyat

Virtual qabulxona xodimlari voyaga yetmagan 11 farzandli oilaga qoyil qolishdi

© SputnikVirtualnaya priyemnaya prezidenta RUz Shavkata Mirziyoyeva
Virtualnaya priyemnaya prezidenta RUz Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi Ella Dugina 11 nafar voyaga yetmagan farzandni tarbiyalamoqda

TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Virtual qabulxona xodimlari Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani Ulugʻbek shaharchasidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni joyida oʻrganish jarayonida Ella Duginaning oilasiga eʼtibor qaratishdi.

Ella Dugina 1978 yilda tugʻilgan, turmush oʻrtogʻi yaqin kunlarda Rossiyaga ketgan ekan. Qaynotasi qorovul boʻlib ishlaydi. Ayniqsa, Ellaning 11 nafar voyaga yetmagan farzandi – 7 qiz va 4 oʻgʻli borligi koʻpchilikni qiziqtirib qoʻydi. Toʻngʻich farzandi 12 yoshda, kenjatoyi esa hali 1 yoshga ham toʻlmagan. Yana qizigʻi, Ellaning toʻngʻichi 2004 yilda, ikkinchi farzandi 2005 yili, uchinchisi esa 2006 yilda, barchalari noyabr oyining 18-sanasida tugʻilgan,deb yozadi 1news.uz.

Uzbekistantsы vo vremya prazdnika - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Jamoatchilik fikri: ideal oila boʻlish uchun necha farzand boʻlish kerak?

Dugina koʻp bolali boʻlishiga qaramay, shu paytgacha biron marta mahalla fuqarolar yigʻiniga moddiy yordam soʻrab kelmagan ekan. Ushbu xonadon aʼzolari oʻzlariga tegishli bir parcha hovlida dehqonchilik, asalarichilik, chorva mollari, quyon, tovuq boqish bilan shugʻullanib, roʻzgʻorini obod qilib kelmoqda. Jajji bolakaylar onasiga koʻmakchi, qoʻllaridan kelgancha uy yumushlarini qilishadi.

Hozirda Ella Duginaning qaynotasi 3 xonali taʼmirtalab uyning 1 xonasida, oilaning qolgan aʼzolari (13 kishi) ikki xonasida yashab kelmoqda. Oilada bolalarning mehnatsevarligini va yuzlaridan nur yogʻilib turganini koʻrgan kishining bu oilaga havas qilmasdan iloji yoʻq. Oiladagi fayzu baraka, bir-biriga mehr, jipslik va eng asosiysi, shukronalik kayfiyati insonni bu hayotda nima muhimligini, intilayotgan maqsadlari qanchalik ahamiyatga ega ekanini yana bir bor jiddiyroq oʻylab koʻrishga undaydi.

"Bizga hech narsaning zarurati yoʻq. Roʻzgʻorga kerakli hamma narsani oʻzimiz mehnat qilib topyapmiz. Farzandlarim kichkinaligidan mehnat nimaligini oʻrganib borishmoqda. Shuning uchun koʻnglimiz ham, xonadonimiz ham obod", — deydi Ella kamtarlik bilan. 

Mehmonlar ushbu oilaga ham havas qilishdi, ham qoyil qolishdi. Duginaga, garchi oʻzi soʻramagan boʻlsa-da, xonadondagi mavjud shart-sharoitni hisobga olib, voyaga yetmagan farzandlari uchun davlat tomonidan moddiy yordam belgilandi. Ular yashayotgan uyni taʼmirlashga koʻmaklashish boʻyicha amaliy choralar koʻrildi. Oila zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala