Jamiyat

Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari 5 ballik baholash tizimiga oʻtishi mumkin

© Sputnik / Aleksandr KondratyukStudentы v meditsinskom vuze
Studentы v meditsinskom vuze - Sputnik Oʻzbekiston
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Dilmurod Nabiyevning aytishicha, oʻqituvchilar toʻqnash kelayotgan qogʻozbozlik taʼlim muassasalaridagi asosiy muammolardan biriga aylangan

TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oliy taʼlim muassasalarida bilimlarni baholashning besh balli tizimiga qaytish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Xalqaro press-klubda vazirning birinchi oʻrinbosari Dilmurod Nabiyev maʼlum qildi, deb xabar berdi nuz.uz.

Vazir oʻrinbosarining aytishicha, oʻqituvchilar toʻqnash kelayotgan qogʻozbozlik taʼlim muassasalaridagi asosiy muammolardan biriga aylangan.

“Maʼlumki, bizda 100 ballik reyting tizimi amalda. Oraliq va yakuniy baholarni toʻldirish esa koʻp vaqtni talab qiladi. Hozirda biz odatiy besh ballik tizimga oʻtishni koʻrib chiqayapmiz”, — dedi vazirning birinchi oʻrinbosari.

Oʻquv jarayon - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston oliygohlarida yangi mutaxassisliklar boʻyicha oʻqitish yoʻlga qoʻyilmoqda

Vazirlik kurashishi kerak boʻlgan yana bir muammo bevosita aloqador boʻlmagan shaxslar tomonidan taʼlim jarayonini nazorat qilishga urinishdan iborat.

“Avvallari hattoki vazirning auditoriyaga kirishga huquqi yoʻq edi, hozir esa tez-tez amalga oshirilayotgan tekshiruvlar mashgʻulotlarni boʻlmoqda”, deya tan oldi Dilmurod Nabiyev.

“Standartga koʻra mashgʻulot 80 daqiqa davom etishi kerak. Shundagina talaba kerakli bilimlarni ololadi. Amalda esa mashgʻulotlarni dekan yoki uning oʻrinbosari kirishi boʻlmoqda, turli tekshiruvlar ham xalal bermoqda. Ular davomat, jurnal, oʻqituvchining maʼruza matnini tekshirishadi. Talabaning yoʻqotilgan 15−20 daqiqasini hech kim qaytara olmaydi”, — deya taʼkidladi vazirlik vakili.

Yana bir muammo maʼnaviy-maʼrifiy ishlar deb nomlanadi. Oʻqituvchi ishdan tashqari vaqtlarda darsga kelmagan talabalar ortidan mahallalarga va uylarga borishga majbur.

“Biz buni tubdan oʻzgartirmoqchimiz. Bu prezident qarorida ham koʻzda tutilgan. Oʻqituvchi oʻz vazifasini bajarishi va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishi kerak”, — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala