Jan Klod Van Damm O‘zbekistonga keladimi? Xalqaro turnir o‘tkazilishi haqida

Obuna bo‘lish
Van Damm bilan birga O‘zbekistonga afsonaviy sportchilar Fedor Yemelyanenko va Jeff Monson kelishi mumkinligi haqida mish-mishlar ham tarqalgan

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik.  Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonga Gollivud yulduzi Jan-Klod Van Damm kelayotganmish degan mish-mishlar yashin tezligida tarqalmoqda. Podrobno.uz xabariga asosan.

Fedorom Yemelyanenko posle boya - Sputnik O‘zbekiston
Fedor Yemelyanenko Mitriondan nokaut bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, Van Damm bilan birga O‘zbekistonga afsonaviy sportchilar Fedor Yemelyanenko va Jeff Monson kelishi mumkin.

Ular barchasi Asian Fight 2017 Xalqaro kurash turnirda mehmon sifatida ishtirok etishi tahmin qilingan.

Bu ma’lumotlar qanchalik haqqoniy ekanligini aniqlash maqsadida O‘zbekiston penchak-silat bo‘yicha federatsiya prezidenti Aziz Jo‘rabayevga murojaat qilindi.

"Afsuski, Van Damm Asian Fight 2017 Xalqaro kurash bellashuviga kelishi haqida ma’lumot hali tasdiqlanmadi. Hozirgi kunda ushbu turnirni o‘tkazish masalasi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Asian Fight 2017 turnirini o‘tkazilishi haqida yakuniy qaror tez kunlarda ma’lum bo‘ladi", — deb izoh berdi Jo‘rabayev.

Ayrim ommaviy axborot vositalari xabarlarida, bellashuvlar joriy yil sentabr oyida o‘tkazish rejalashtirilganligi hamda ushbu bellashuvlarda mehmon sifatida Gollivud yulduzi Jan-Klod Van Damm, afsonaviy kurashchilar Fedor Yemelyanenko va Jeff Monson hamda dijey Armin van Buren ishtirok etishi tahmin qilingan.

Shu sababli, ushbu ma’lumotlar hali o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q. Hozirgi kunda xalqaro turnirni tashkil etish va unda ishtirok etadigan mehmonlar masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0