Jamiyat

Oʻn yil deganda birinchi marta oʻzbekistonlik ilk yoʻlovchilar Issiq-Koʻlga kelishdi

© Aeroport ManasYoʻlovchilar Toshkentdan Issiq-Koʻlga kelishdi
Yoʻlovchilar Toshkentdan Issiq-Koʻlga kelishdi - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent — Tomchi reysi haftada bir marta amalga oshirilishi aytilmoqda

TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. oʻn yil deganda birinchi marotaba oʻzbekistonliklar Issiq-Koʻlga kelishdi, deb xabar berdi Sputnik Qirgʻiziston "Manas" aeroporti matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Passajirskiy sostav v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Toshkent – Issiq-koʻl turistik poyezdi 16 avgustdan yura boshlaydi
"Bugun Issiq-Koʻlga Toshkentdan uchgan aviareys orqali 200 nafardan ortiq oʻzbekistonliklar keldilar", — deyilgan xabarda.

Oʻzbekiston Havo yoʻllari matbuot-xizmati ham 4 iyul kuni Toshkent-Issiq-Koʻl-Toshkent yoʻnalishida charter reyslar amalga oshirilgani haqida xabar qildi.

"Ushbu marshrut boʻylab charter parvozlar joriy yilning 29 avgustidan boshlab Boeing 757 avialaynerlarida haftada bir marta — seshanba kunlari amalga oshiriladi", — deyilgan Milliy aviakompaniya xabarida.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Oʻzbekiston Havo yoʻllari Qirgʻizistondagi Issiq-koʻlga parvozlar amalga oshirilishi mumkinligi haqida xabar qilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala