Jamiyat

Oʻzbekiston Xotin-qizlar raisi: aksariyat oilalar arzimas sabablar tufayli ajrashgan

© podrobno.uzOʻzbekiston xotin-qizlar raisi Tanzila Norboyeva
Oʻzbekiston xotin-qizlar raisi Tanzila Norboyeva - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston respublikasi bosh vazir oʻrinbosari Tanzila Norboyevaning soʻzlariga koʻra, yoshlar asosan - uy-joy yetishmasligi, oilaviy hayotga tayyor emaslik va ishga joylashish singari muammolarga duch kelishmoqda

TOSHKENT, 4 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva mamlakatda soʻnggi yillarda kuzatilayotgan ajrimlarning asosiy sabablariga toʻxtalib oʻtdi, deb xabar qildi Podrobno.uz.

Jamiyat
Internetda koʻp xotinli "boylar" mavzusi qizgʻin muhokama qilinmoqda
Oʻzbekiston respublikasi bosh vazir oʻrinbosari Tanzila Norboyevaning soʻzlariga koʻra, yoshlar asosan — uy-joy yetishmasligi, oilaviy hayotga tayyor emaslik va ishga joylashish singari muammolarga duch kelishmoqda.

"Biz yoʻl qoʻyayotgan xatolardan biri — bu turmush va oilaviy hayot toʻgʻrisida, faqat balogʻat yoshiga yetkanimizdan keyin gapirishni boshlaymiz. Oilaga — bolalikdan, bogʻcha yoshidan, maktab davridan tayyorlab borish kerak", — deb aytgan Norboyeva xalqaro press-klub yigʻilishida soʻzlagan nutqi davomida.

Norboyeva, Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev 30 iyunda "Kamolot" YOIH qurultoyida ajrimlar toʻgʻrisida alohida toʻxtalib oʻtganini qayd etgan va prezident ham yoshlar orasida ajrimlar yuqoriligini taassuf bilan tilga olganini qoʻshimcha qilgan.

"Qizlarimizning aksariyati ZAGSga ariza tashlagandan keyin pazandalik va shunga oʻxshash kurslarga qatnashni boshlashadi. Bunday ishlarni oldinroq boshlash kerak. Biz butun respublika boʻylab ajrim holatlarini oʻrganib chiqdik va oilalarning yarmini saqlab qolsa boʻlardi, degan qarorga keldik. Aksariyat oilalar arzimas sabablar tufayli ajrashib ketgan", — deb aytgan Norboyeva.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyevdan boʻlajak qaynonalarga maslahat
Bosh vazir oʻrinbosari, shuningdek, bir uyda ikki-uchtalab oilalar istiqomat qiladigan holatlar ham uchrayotganini qayd etgan. Xotin-qizlar raisining soʻzlariga koʻra, bu singari holatlar ham yoshlar hayotini murakkablashtiradi va juftlikni ajrashishga olib keladi.

Oʻzbekistonda arzon uylar qurilishi dasturi yosh oilalarning oʻz uyiga koʻchish masalasini hal qilishga qaratilgan, deb aytgan Tanzila Norboyeva.

"Yana bir masala yoshlarning ishga joylashuvi bilan bogʻliq. Bu ham ajrimga yetaklovchi sabablar qatoriga kiradi. Ayni vaqtda mamlakatda tadbikorlik sohasiga keng eʼtibor qaratilayotgani, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qabul qilinayotgan dasturlar, oʻylaymanki, maʼlum vaqtdan soʻng oʻz mevasini berishni boshlaydi", — qoʻshimcha qilgan Norboyeva.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala