Siyosat

Fargʻona sudyalari viloyat xalqi oldida qasamyod qildilar

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishSudya bolgʻachasi
Sudya bolgʻachasi - Sputnik Oʻzbekiston
Sudyalar, Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan tanqid va haqli eʼtirozlardan toʻgʻri xulosa chiqarganliklarini aytib, bundan buyogʻiga haqiqat qaror toptirishga, oʻz saflarini nopok sudyalardan tozalashga va sudni adolat qoʻrgʻoniga aylantirishga qasamyod qilishgan

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Fargʻona viloyati hokimligi rasmiy saytida Fargʻona viloyati sudyalarining Fargʻona xalqiga murojaati eʼlon qilindi. 

Sudya bolgʻachasi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi
"Joriy yilning 13 iyun kuni Toshkent shahrida davlatimiz rahbari tomonidan sudyalar bilan oʻtkazilgan yigʻilishda, shuningdek 22 iyundagi Fargʻona viloyati faollari bilan boʻlgan uchrashuvda sud organlari faoliyatida, jumladan, Fargʻona viloyatida ham shu sohada yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklar tanqidiy tahlillarga asoslangan holda roʻy-rost koʻrsatilib, istiqboldagi qator dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Bildirilgan tanqid va haqli eʼtirozlardan toʻgʻri xulosa qilib, soha rivojiga tanqidiy yondashishimiz, hayotning oʻzi oldimizga qoʻyayotgan biri-biridan muhim va dolzarb vazifalarni samarali hal qilish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqishimiz kerakligini, bunda amaliy tashabbuslar lozimligini tushunib yetdik", — deyilgan murojaat matnida.

Fargʻona viloyat sudyalari bundan keyingi faoliyatini qonunlarga asoslanib adolatli qaror chiqarish, xalq bilan bevosita muloqot qilib fuqarolarni sudga boʻlgan ishonchini mustahkamlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga vaʼda bergan.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev yana bir videoselektor yigʻilishini oʻtkazdi
"Birinchidan, faoliyatimizni yana bir bor qaytadan tanqidiy tahlil qilib, odil sudlovni amalga oshirishdagi toʻsiqlarni tag-tomiri bilan bartaraf qilamiz, sudni tom maʼnoda "Adolat qoʻrgʻoni"ga aylantirishda bor bilim va tajribamizni safarbar etamiz. Sudga borgan har bir fargʻonalik faqat adolat topishiga kafolat beramiz.

Ikkinchidan, kundalik faoliyatimizda xalq bilan bevosita yuzma-yuz ochiq muloqot shakllarini kengaytiramiz, ularning muammolarini hal etishda yaqindan yordam berish orqali buzilgan huquqlarini tiklaymiz va haqiqatni qaror toptiramiz.

Uchinchidan, har bir shaxs qonun himoyasida ekanligiga ishonchi komil boʻlishi uchun sudlarda ishlarni mustaqil, oshkora koʻrib chiqamiz, natijasi boʻyicha ish holati va qonun talablariga mos adolatli qarorlar qabul qilamiz.

Toʻrtinchidan, sud hujjati Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqarilishini inobatga olgan holda qabul qilingan har bir qarorimiz qonuniy va adolatli boʻlishi uchun shaxsiy javobgarligimizni oshirib, xatoga yoʻl qoʻyishga hech qanday haqimiz yoʻqligini toʻliq anglab yetishimiz zarur.

Har bir hujjatni qabul qilishda ongimizda — adolat, tilimizda — haqiqat, dilimizda — poklik ustivor boʻladi.

Beshinchidan, faoliyatimizda ochiqlikni taʼminlash hamda sud organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xalqimizni xabardor qilib borish maqsadida tizimli ravishda halq deputatlari mahalliy kengashlariga axborot berib boramiz, bunda oʻzimizning faoliyatimizga tanqidiy baho berib, xato va kamchiliklarimizni, shuningdek kelgusidagi vazifalarimizni jamoatchilik bilan muhokama qilishni oʻz burchimiz deb bilamiz.

Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Endi sudlar videokonferentsaloqa rejimida oʻtkaziladi
Oltinchidan, endilikda odamlar sudga emas, aksincha biz — sudyalar odamlar oldiga borib, ishlarni sayyor sudlarda keng jamoatchilik ishtirokida koʻrib chiqamiz va xalqning fikriga tayangan, adolatli qaror qabul qilinishini taʼminlaymiz.

Yettinchidan, sudyalik shaʼniga dogʻ tushiradigan nopok xodimlarga oramizda oʻrin yoʻq, safimizni ulardan tozalab boramiz, adolatga xiyonat qilganlarga nisbatan murosasiz kurashib, ularning qonun oldida javobgarligini va jazoning muqarrarligini taʼminlashga soʻz beramiz".

Sudyalar, shuningdek, tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlikni oʻzlari uchun kundalik qoida, faoliyatlarining asosiy mezoniga aylantirishga soʻz berganlar.

"Zimmamizga yuklangan masʼuliyatli vazifalarni sidqidildan bajarishga, jonajon vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilishga, xalqimiz va Prezidentimiz oldida bergan qasamyodimizga hamisha sodiq qolishga vaʼda beramiz!", — deb yakun yasalgan murojaatga.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader