Siyosat

Mirziyoyev Oʻzbekiston Mudofaa vaziri oʻrinbosarini ishdan oldi

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan shuningdek, Uy-joy komunnal xizmat koʻrsatish vaziri ham oʻz egallab turgan lavozimidan ketdi

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan Respublika Mudofaa vaziri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Prezident amaldorlarni yana bir bor qattiq tanqid qildi - isteʼfolar kutilmoqda
"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PQ-3113-son qaroriga muvofiq Saliyev Muzaffar Xoldarbayevich boshka ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Iskandarov Erkin Buriyevich Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri lavozimidan ozod etilgan.

Yangi uy-joy komunnal xizmat koʻrsatish vaziri etib sobiq Mudofaa vaziri oʻrinbosari Saliyev Muzaffar Xoldarbayevich tayinlangan.

Bekzot Mardonovich Mavlonov esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.

Murotjon Berdialiyevich Azimov esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala