Siyosat

Kamilov qanday qilib diplomat boʻlish mumkin, degan savolga javob berdi

© SputnikProsmotr pryamoy translyatsii s uchastiyem ministra inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziza Kamilova
Prosmotr pryamoy translyatsii s uchastiyem ministra inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziza Kamilova - Sputnik Oʻzbekiston
Jonli muloqot mobaynida Oʻzbekiston TIV rahbariga bir yosh yigit "diplomat boʻlishim uchun nima qilishim kerak" degan mazmunda savol yoʻlladi

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Yoshlarni — sadoqatli, vatanparvar, fidoyi qilib tarbiyalash kerak. Hozirgi zamonda yaxshi taʼlim olgan yoshlar kelajakda diplomat ham, uchuvchi ham, boring-ki, oʻzlari xohlagan kasblarni egallashlari mumkin, — dedi yosh yigit tomonidan "men diplomat boʻla olamanmi" degan savolga javoban Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov.

Vazir, shuningdek, har bir sohaning oʻz qonun-qoidalari borligini va ularga qatʼiy amal qilish kerakligini taʼkidlab oʻtdi.

"Ayniqsa, diplomatiya sohasida qonun-qoidalarni buzsangiz, oqibati yomon boʻlishi mumkin", — dedi vazir.

Kamilov shu oʻrinda jahondagi ayrim mamlakatlarda, aynan diplomatiya qoidalarini bilmaslik oqibatida yuzaga kelgan mojarolarni misol keltirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala