Rossiya

Kamilovdan "zapret"ni yoʻqotishda yordam berishni soʻrashdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishMigrant
Migrant - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston TIV rahbari Rossiya tomonidan Oʻzbekiston fuqarolariga qoʻyilgan "zapret"ni qanday qilib oldirib tashlash mumkinligini tushuntirdi

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Xalqaro press-klubda oʻtkazilgan jonli muloqot davomida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga Buxorodan murojaat boʻldi.

Oʻzbekiston fuqarosi vazirga Rossiyaga borishga qoʻyilgan taʼqiqni qay tarzda oldirib tashlash mumkinligi haqida savol berdi hamda bu borada amaliy yordam koʻrsatishni iltimos qildi.

Migrantlar - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Kamilov deportni qanday qilib bekor qilish mumkinligini aytdi
"2016-yilda Rossiyadan qaytganman. 2017-yilda menga aeroportda "senga "zapret" qoʻyilgan" deb aytishdi. Menga amaliy yordam bering", — dedi u.

Abdulaziz Kamilov bu savolga javoban taʼqiqni oldirib tashlash uchun Rossiya Federatsiyasining oʻzida sud qarori chiqishi kerakligini taʼkidladi.

"Biz iltimos qilganimiz bilan iltimosimiz oʻtmaydi", — tushuntirdi vazir.

"Sizning arizangiz Rossiya sudigacha yetib borishi kerak, buning uchun advokat yollashingiz kerak boʻlar", — qoʻshimcha qildi Kamilov.

Hamda agar fuqaro arizani Oʻzbekiston TIVga yuborsa, mahkama advokat yollab, Rossiya tomonga ushbu arizani yuborishda yordam koʻrsatishga tayyor ekanligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala