Tojikistonda Gulmurod Xalimovning to‘rt qarindoshi o‘ldirildi

© SputnikKadr iz videorolika, v kotorom Gulmurod Xalimov zayavil o prisoyedinenii k IG
Kadr iz videorolika, v kotorom Gulmurod Xalimov zayavil o prisoyedinenii k IG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston chegarasiga yaqin bo‘lgan qishloqda Halimovning to‘rt qarindoshi o‘ldirilgan yana uch kishi qo‘lga olingan. IIV xabariga ko‘ra, Ular Afg‘oniston hududiga o‘tmoqchi bo‘lgan.

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. IShIDga qochib ketgan sobiq OMON komandiri Gulmurod Halimovning to‘rt qarindoshi maxsus operatsiya vaqtida yo‘q qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri IIV xabariga asosan.

"IShIDga qochib ketgan sobiq OMON komandiri Gulmurod Halimovning ikki akasi va ikki jiyani Xatlon viloyatining Ibrat qishlog‘ida militsiya xodimlari bilan bo‘lgan to‘qnashuvda yo‘q qilindi", — deyilgan IIV xabarida.

Shuningdek, xabarda ular militsiya xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani va IIV yaralagani aytib o‘tilgan. Militsiya xodimini Xalimovning katta akasi pichoq bilan yaralagan.

4 sentabr kuni OMON va qurolli kishilar bilan jang bo‘lgan joy - Sputnik O‘zbekiston
Dushanbe: Yolg‘iz tirik qolgan OMON zobiti voqea aslida qanday bo‘lganini aytib berdi...

"Militsiya xodimlari Halimovning yaqin qarindoshlarini ID va "Tolibon" terrorchi guruhlari bilan aloqada ayblamoqda. Uning To‘rt nafar yo‘q qilingan va uch nafar qo‘lga olingan qarindoshlari Afg‘oniston chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lishgan", — deyilgan xabarda.

Tojikiston IIVi xabariga ko‘ra, Halimovning ota-onasi Vos tumanidan bo‘lib u yerda uning qarindoshlari ko‘p. Undan tashqari Tojikiston janubida joylashgan ushbu hudud Afg‘oniston chegarasiga yaqin. Ibrat qishlog‘idan chegaragacha 28 km.

Eslatib o‘tamiz,  dunyo OAVlarida IShIDga qochib ketgan sobiq Tojikiston OMONi qo‘mondoni Gulmurod Halimov o‘ldirilgani haqida xabarlar bir necha marotaba paydo bo‘lgan edi, lekin Tojikiston hukumati ushbu xabarlarni tasdiqlagani yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0