Chimonda yo‘qolgan fuqaro vertolot yordamida qidirilmoqda

© MChS UzbekistanaSpasatelnie raboti v gorax
Spasatelnie raboti v gorax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Snejana ismli fuqaro turmush o‘rtog‘i tog‘li hududda yo‘qolib qolganligi haqida murojaat qildi

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. U turmush o‘rtog‘i qo‘ng‘iroq qilib tog‘da oyog‘ini sindirib olganligini aytgan va FVV xodimlari unga yordamga kelishlarini so‘ragan.

Sel - Sputnik O‘zbekiston
FVV sel kelish xavfidan ogohlantirdi

FVVning ma’lum qilishicha, u toqqa chiqish yo‘nalishini hech kim bilan kelishmay maxsus toqqa chiqish anjomlarisiz va ko‘nikmalarsiz piyoda ketganligi aniqlandi.

FVV xodimlari tomonidan 3ta qutqaruv guruhi tuzilib qidiruv ishlari boshlab yuborilgan.

6 iyul kuni qidiruv ishlariga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli vertolot jalb qilindi.

Hozirgi vaqtda tog‘ hududida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0