Islom Karimov bilan bog‘liq xotiralar aks etgan materiallar qabul qilinmoqda

© Press-slujba Pravitelstva KirgizstanaSeremoniya proshaniya s Islamom Karimovim v Samarkande
Seremoniya proshaniya s Islamom Karimovim v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimovni yaqindan bilgan O‘zbekiston va xorij fuqarolaridan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti hayoti va faoliyati bilan bog‘liq xotiralar aks etgan materiallar qabul qilinmoqda

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va xorij fuqarolaridan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyati bilan bog‘liq xotiralar aks etgan materiallar qabul qilish davom etmoqda, deb xabar beradi "Jahon" AA.

Shavkat Mirziyoyev posetil mogilu Islama Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Islom Karimov yodgorlik majmuasi qurilishi ishlari bilan tanishdi

"Buyuk davlat arbobi, o‘z hayotini mustaqil davlatimiz qurilishi va shakllanishiga, uning jahondagi mavqeyini mustahkamlashga bag‘ishlagan, yurtimiz va xalqaro maydonda katta obro‘ qozongan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish, shuningdek, uning merosini ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmua tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentini yaqindan bilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va xorijiy davlatlar fuqarolaridan Islom Karimovning hayoti hamda faoliyati bilan bog‘liq xotiralari aks etgan yozma, foto va videomateriallarni qabul qilish davom etmoqda", deyiladi xabarda.

Materiallar 100163, Toshkent shahri, Afrosiyob ko‘chasi, 1/1-uyga yuborilishi bildirilgan.

Ma’lumot uchun (0-371) 239-52-27 telefon raqamiga yoki immm@umail.uz, majmua@umail.uz elektron pochta manziliga murojaat qilish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0