O‘zbekiston pochtasi mutaxassislari Janubiy Koreyada malaka oshirishdi

© pochta.uzDelegatsiya AO "Uzbekiston pochtasi" v Yujnoy Koree
Delegatsiya AO Uzbekiston pochtasi v Yujnoy Koree - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston pochta sohasi mutaxassislari aholiga ko‘rsatilayotgan pochta xizmatlarining ilg‘or uslublari va ushbu jarayonda zamonaviy AKTdan foydalanilishi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik.O‘zbekiston pochta infratuzilmasini koreyalik hamkorlar yordamida modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi "O‘zbekiston pochtasi" AJ matbuot xizmati.

Koreya pochtasi prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki davlat pochta ma’muriyatlari hamkorligi istiqbollari borasida fikr almashildi. Koreys tomoni o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashda, tajriba almashinuvi va "O‘zbekiston pochtasi" mutaxassislari malakasini oshirishda hozirligini izhor etdi. Ushbu masalalar safar davomida imzolangan Memorandumda o‘z aksini topdi.

Koreyaliklar O‘zbekiston pochtasini zamonaviylashtiradi

Trening-kurslarda qatnashgan O‘zbekiston pochta sohasi mutaxassislari aholiga ko‘rsatilayotgan pochta xizmatlarining ilg‘or uslublari va ushbu jarayonda zamonaviy AKTdan foydalanilishi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Seul shahrining Markaziy pochta bo‘limi, Deyjon pochta markazi va Incheon xalqaro logistika markaziga uyushtirilgan safarda delegatsiya a’zolari mazkur pochta obyektlarining pochtani qabul qilish, uni saralash va ichki hamda chet ellardagi mijozlarga yetkazib berish jarayonlari bilan tanishdilar.

Koreys mutaxassislarining fikricha, Koreya pochtasi faoliyatining deyarli barcha yo‘nalishlarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar boisi AKTni pochta sohasiga o‘z vaqtida va keng joriy etilishidir.

Yangiliklar lentasi
0