Qirg‘iziston O‘zbekistonga elektr energiyani eksport qilishni boshladi

© Sputnik / Marina Lisseva / Mediabankka o‘tishLampi
Lampi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 16-iyundan boshlab O‘zbekistonga elektr energiya eksport qilinmoqda

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. 15-iyun kuni "Elektricheskie stansii" OAJ (Qirg‘iziston) va "O‘zbekenergo" (O‘zbekiston) AJ o‘rtasida elektr energiyani yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Qirg‘iziston Milliy energiya xolding kompaniyasi matbuot xizmati xabariga asosan.

Elektr energiyasi narxi oshirildi

Xabarda aytilishicha, Qirg‘iziston 2017-yil 16-iyundan O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazib berishni boshladi.

Joriy yil 4-iyul kuni shartnomada ko‘rsatilgan 1,25 mlrd kVt/s elektr energiyadan 192,5 mln kVt/s O‘zbekistonga yetkazib berildi (tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyida —159,3 mln kVt/s).

Qirg‘iziston milliyenergoxolding matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 1 kVt/s elektr energiya eksport narxi — 2 sentni tashkil qiladi. Shunday qilib, O‘zbekiston Qirg‘izistondan olayotgan elektr energiyasi uchun qariyb 25 mln dollarni to‘laydi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0