Siyosat

Gullar shahri Namanganni rivojlantiradigan reja va loyihalar haqida

© Sputnik / Georgiy Zelma / Fotobankka oʻtishNamanganlik Yusup Imamov
Namanganlik Yusup Imamov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2015 yil 24 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2016-2019 yillarda Namangan viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturiga muvofiq yuzlab investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda

TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalq bilan muloqot qilish uchun Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Namangan har tomonlama rivojlangan, eng goʻzal viloyatlaridan biri. Keyingi yillarda uning iqtisodiy salohiyati yanada oshib, shahar va qishloqlar obod boʻlib bormoqda. Joriy yilning birinchi choragida yalpi hududiy mahsulot 8,7 foiz oʻsgan. Bu ulkan bunyodkorlik ishlariga asos boʻlmoqda.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi
Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi arafasida Qamchiq dovoni orqali 19 kilometrlik noyob tunnelni oʻz ichiga olgan Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yoʻli ochilgani mamlakat hayotidagi ulkan voqea boʻldi. Bu yoʻl koʻplab iqtisodiy imkoniyatlar qatori Namangan viloyatining muhim tranzit hududiga aylanishini ham taʼminladi.

Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2015 yil 24 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2016-2019 yillarda Namangan viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturiga muvofiq yuzlab investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Ularning orasida umumiy qiymati 2 milliard 1 million dollarga teng boʻlgan, 1800 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarishga moʻljallangan Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stantsiyasi alohida oʻrin tutadi. Ushbu elektr stantsiyasi nafaqat Namangan viloyati, balki butun Fargʻona vodiysida elektr energiyasiga boʻlgan talab va ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi.

Pop tumanida 100 megavatt quvvatga ega boʻlgan, umumiy qiymati 210 million dollarni tashkil etadigan quyosh elektr stantsiyasini qurish, Mingbuloq tumanida 211 million dollarlik "Mingbuloq neft-gaz" konini oʻzlashtirish va boshqa investitsiya loyihalari viloyat iqtisodiyotini yangi bosqichga koʻtaradi.

Tunneldagi avtomobillar - Sputnik Oʻzbekiston
"Qamchiq" dovonida Oʻzbekiston tarixida eng yirik tunellardan biri quriladi
Namanganda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi izchil rivojlanmoqda. Viloyat ishbilarmonlari xorijiy texnologiyalar asosida xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarib, eksportdan katta daromad topmoqda. Joriy yilning birinchi choragida 79 korxona tomonidan 17,4 million dollarlik eksport amalga oshirilgan. Eksportchi korxonalar safiga 19 yangi subʼyekt qoʻshilgan.

Shavkat Mirziyoyev oʻzining saylovoldi dasturida bu boradagi ishlarni yanada yuqori bosqichga koʻtarish, mamlakatning barcha hududlari qatori Namangan viloyatini ham izchil rivojlantirish boʻyicha ulkan reja va maqsadlarni bayon etgan edi.

Mirziyoyev Namanganga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va istiqbolli loyihalar bilan tanishadi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Hukumat portali.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala