"Paxtakor" braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi

Obuna bo‘lish
Shuningdek, isroillik Gidi Kanyuk, o‘zbekistonlik o‘yinchilar Sherzod A’zamov va Eldor Suyunov bilan shartnoma imzolanadi

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Toshkentning "Paxtakor" klubi braziliyalik futbolchi Tiago Bezerra bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Futbol. Liga Yevropi. Match Zenit - Makkabi - Sputnik O‘zbekiston
Gruziyalik afsonaviy futbolchi "Paxtakor"ga murabbiy bo‘ldi

Xabarga ko‘ra, "Paxtakor" futbol klubi barcha OAV vakillarini 11-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumaniga taklif qiladi.

Matbuot anjumanida jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilar — braziliyalik Tiago Bezerra, isroillik Gidi Kanyuk, o‘zbekistonlik o‘yinchilar Sherzod A’zamov va Eldor Suyunov bilan shartnoma imzolanadi hamda ular ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Tadbirda "Paxtakor" futbol klubi rahbariyati va yaqinda bosh murabbiylik kursisiga o‘tirgan Shota Arveladze ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" hozirda O‘zbekiston chempionatida 15 o‘yindan so‘ng 24 ochko to‘plab 5-o‘rinda bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0