TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati tojik va oʻzbek xalqi oʻrtasidagi munosabatlar haqida "Oʻzbekiston va Tojikiston: vaqt sinovidan oʻtgan doʻstlik" filmini eʼlon qildi.
Yigirma daqiqadan sal ziyod davom etadigan va "Tojik va oʻzbek xalqi oʻrtasidagi doʻstlik bu kechagina paydo boʻlgan gap emas, balki asrlar davomida yashab kelayotgan haqiqat", degan soʻzlar bilan boshlanadigan rolikda oʻzbek va tojik millatining "et bilan tirnoq"qa oʻxshashligi, bu ikki xalqni bir-birisiz tasavvur etib boʻlmasligi haqida gapiriladi.
Rolikda bitta daryodan suv ichadigan bu ikki xalqning anʼanalari va urf-odatlari oʻrtasidagi oʻxshashlik eʼtirof etilib, Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning oʻzbek va tojik xalqi haqida aytgan: "Oʻzbeklar va tojiklar — bu ikki tilda gapiradigan yagona xalqdir" degan gaplaridan iqtibos keltirib oʻtilgan.
Videorolik Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning doʻstlik haqida aytgan, bildirgan fikri bilan yakunlangan: