Prezident Namanganda quriladigan GESlar loyihasi bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Chilanzarskiy rayon Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Chilanzarskiy rayon Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident suvdan energiya olish tabiat in’om etgan imkoniyat ekani, bunday energiya qayta tiklanishi, ekologik tozaligi va arzonligi bilan afzal bo‘lishini ta’kidladi

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga safari doirasida Mingbuloq tumanidagi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi "Mingbuloqneft" O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali xabar bermoqda.

Namanganlik Yusup Imamov - Sputnik O‘zbekiston
Gullar shahri Namanganni rivojlantiradigan reja va loyihalar haqida

Prezident ushbu korxona mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Quruvchilar va xitoylik mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

"Mingbuloq konida qidiruv va qazib olish" loyihasi uzoq istiqbolga mo‘ljallangan keng ko‘lamli loyiha bo‘lib, loyiha doirasida 4 qidiruv-burg‘ilash qudug‘i ishga tushiriladi va 4 mavjud quduq kapital ta’mirlanadi. 25-yilga mo‘ljallangan va umumiy qiymati 255 million dollardan ortiq bo‘lgan ushbu loyiha natijasida Mingbuloq neft konidan yiliga 200 ming tonna suyuq uglevodorod qazib olish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Namangan viloyatida quriladigan gidroelektr stansiyalari loyihasi ham namoyish qilindi.

Bureyskaya i Nijne-Bureyskaya GES v Amurskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 42 ta yangi GES qurish haqidagi qarorni imzoladi

O‘zbekiston prezidentining "2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Namangan viloyatida umumiy quvvati 38,5 mVt, ishlab chiqarish quvvati 150,8 million kVt soatni tashkil etuvchi kichik gidroelektr stansiyalarini qurish ko‘zda tutilgan. Jumladan, Uchqo‘rg‘on tumani hududida Katta Farg‘ona kanalida kichik GESlar kaskadini qurish rejalashtirilgan.

Prezident suvdan energiya olish tabiat in’om etgan imkoniyat ekani, bunday energiya qayta tiklanishi, ekologik tozaligi va arzonligi bilan afzal bo‘lishini ta’kidladi. Xitoy tajribasi asosida mamlakatning barcha hududida kichik gidroelektr stansiyalari qurilishi, kelgusida elektr ta’minotining katta qismi ushbu manbalar hisobidan qoplanishini qayd etdi.

Suv tozalash inshootlari barpo etish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash qamrovini kengaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu borada tizimli yondashuv zarurligi ta’kidlandi, mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0