Jamiyat

"Feysbuk" masxarabozi - Dima Qayum: yozadiganlarim latifa emas

© Dima Qayumning shaxsiy arxividanDima Qayum, Feysbuk tarmogʻi "yulduzi"
Dima Qayum, Feysbuk tarmogʻi yulduzi - Sputnik Oʻzbekiston
"Feysbuk" lentasiga koʻz yugurtiradigan boʻlsangiz - Dima Qayum tomonidan chop etilgan qatra hazillarga koʻzingiz tushadi. Ijtimoiy tarmoqda eng koʻp muhokama qilinadigan postlar ham aynan bugungi qahramonimizga tegishli. Asli kasbi tadbirkor boʻlgan bu yigit internetga qanday vaqt topishiga qiziqib, u bilan bogʻlandik

TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. "Feysbuk" ijtimoiy tarmogʻida "masxaraboz" rolini ijro etib, kun boʻyi kulgili hazil qatralarni chop etadigan Dima Qayumni bugun hech ikkilanmasdan "ijtimoiy tarmoq yulduzi" deb atash mumkin.

Qahramonimizning asl ismi — Dilshod Boltaboyev boʻlib, kasbi esa — tadbirkorlik. Dima Qayumning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda faolligi tadbirkorlik bilan shugʻullanishiga xalal bermas ekan. "Ilhom kelganida yozaman, ilhom esa juda tez-tez keladi", — dedi u savolimga javoban.

- Aytingchi, latifalaringizni yozish uchun ilhomni qayerdan olasiz?

— Aslida yozayotganlarim latifa emas, insonni oʻylantiradigan, mushohada qilishga undaydigan chuqur fikrlar, deb bilaman.

Toʻgʻri, orasida tarjimalar ham bor, axir men Petrosyan emasman-ku.

© SputnikSkrinshot Feysbuk
Skrinshot Feysbuk - Sputnik Oʻzbekiston
Skrinshot Feysbuk

- Unda masxaraboz desak-chi, sizni?

— Shunday desangiz toʻgʻriroq boʻladi. Chunki koʻproq xalq hech kimga ayta olmagan dard-alamlarini hazil tariqasida ommaga havola etaman.

- Unda ayting-chi, ijtimoiy tarmoqda masharabozlik qilish fikri qanday tugʻildi?

— Aniq esimda yoʻq, lekin uch yoki toʻrt yil oldin "Feysbuk" ijtimoiy tarmogʻiga aʼzo boʻlganman. Boshida boshqalar tomonidan chop etiladigan postlarni eʼtibor bilan oʻqirdim. Jiddiy mavzular koʻp, hazil esa kam ekan. Oʻsha vaqtdan eʼtiboran latifamonand qatralar yozishni boshladim. Axir kulgini sevadigan xalqmiz, qolaversa, oʻzim ham askiya oʻchogʻi boʻlmish — Fargʻonada dunyoga kelganman.

© SputnikSkrinshot Feysbuk
Skrinshot Feysbuk - Sputnik Oʻzbekiston
Skrinshot Feysbuk

- Yangilaridan bormi?

— Robot onaning qiziga nasihati: "u yigit senga uylanmaguncha, chipingni koʻrsatma, xoʻp".

- Qishloqdoshlaringiz Feysbukdagi faolligingizga qanday munosabat bildirishadi?

— Qishloqdoshlarimdan sanoqli odamlargina xabardor.

- Ota-onangiz, rafiqangiz-chi?

— Ota-onam biladi, indashmaydi, xotinim esa menga emas, shu Feysbukka uylansangiz yaxshi edi, deydi…

© SputnikSkrinshot Feysbuk
Skrinshot Feysbuk - Sputnik Oʻzbekiston
Skrinshot Feysbuk

- Hazillaringizni kitob qilib chiqarayotgan ekansiz, shu rostmi?

— Ha, shu bugun aytishdi, kitob nashrga tayyor boʻlibdi. Muharrirlar kitobni "Men kim Dima Qayum", deb nomlashibdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala