Madaniyat

Samarqand "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik koʻrmoqda

© Flickr / Salimjon HusenovFestival "Shark taronalari"
Festival Shark taronalari - Sputnik Oʻzbekiston
Registon maydonida festivalning asosiy sahnasi oʻrnatilib, ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlari boshlandi

TOSHKENT, 7 iyul — Sputnik. Shu kunlarda Samarqandda "Sharq taronalari" oʻn birinchi xalqaro musiqa festivaliga qizgʻin hozirlik koʻrilmoqda, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi matbuot xizmati.

Registon maydonida festivalning asosiy sahnasi oʻrnatilib, ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Sharq taronalari festivali - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqandda Sharq taronalari yangraydi

Mirzo Ulugʻbek madrasasi, Samarqand hunarmandlar markazi va shahardagi muzeylarda "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali tarixiga oid fotosuratlar, milliy musiqa asboblari, tarixiy liboslar, tasviriy va amaliy sanʼat asarlari, milliy hunarmandlik mahsulotlari koʻrgazmalari tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Tadbir ishtirokchilarining Samarqand shahri va Oqdaryo, Urgut, Tayloq, Samarqand, Jomboy, Pastdargʻom, Payariq tumanlaridagi madaniyat va istirohat bogʻlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablarida festivaldan tashqari kontsert dasturi namoyish etishi uchun ushbu maskanlarda zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Festival Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1997 yilda tashkil etilgan va har ikki yilda oʻtkazib kelinadi.

Bu yil festival 25 avgustdan 30 avgustga qadar oʻtkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala