O‘zbekiston IIV tizimida yangi rahbarlar tayinlovi amalga oshirildi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki ishlar tizimida 12 nafar rahbar va bir rahbar o‘rinbosari tayinlandi

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi, deb xabar qildi Uznews.uz "Postda" gazetasiga tayanib.

Xabarda bildirilishicha, polkovnik Oripov Tohir To‘lqinovich O‘zbekiston Respublikasi IIV patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi rahbari etib tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbarining o‘rinbosari etib podpolkovnik Usmonov Sharofiddinxo‘ja Isomiddinovich tayinlandi.

Dokumenti migranta ojidayushego polucheniya razresheniya na rabotu - Sputnik O‘zbekiston
IIV Xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi nomi o‘zgardi

O‘zbekiston IIV Qo‘riqlash bosh boshqarmasining "Mustaqillik" maydoni va maydondagi ma’muriy binolarni qo‘riqlash bo‘yicha komendatura rahbari etib mayor Ochilov Rahimjon O‘ktamovich tayinlandi.

Podpolkovnik Rafiyev Aziz Abdurazaqovich O‘zbekiston Respublikasi IIV huquqbuzarliklarning oldini olish bosh boshqarmasi rahbari etib tayinlandi.

Xorazm viloyati, Urganch tumani IIB rahbari etib polkovnik Ataboyev Muhammadjon, Hazorasp tumani IIB rahbari etib podpolkovnik Rajabov Bunyod Madirimovich va Bog‘ot tumani IIB rahbari etib mayor Rajabov Mansur Hayitboyevich tayinlandi.

Podpolkovnik Kucharov Chori Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani IIB rahbari, mayor Samadov Jalol Mavlonovich Yakkabog‘ tumani IIB rahbari va podpolkovnik Ismoilov Nodirbek Musirmonovich Dehqonobod tumani IIB rahbari etib tayinlandi.

Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumani IIB rahbari etib mayor Xo‘jamatov Dilshod Muhammadjonovich tayinlandi.

Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani IIB rahbari etib podpolkovnik Madayupov Dilmurod Soliyevich tayinlandi.

Jizzax viloyati IIB transportda jamoat xavfsizligini saqlash bo‘limi rahbari etib podpolkovnik Sherqulov Jasurbek Mamatqulovich tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0