Dunyoda

Tramp va Putinning birinchi uchrashuvi qanday oʻtdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastiye v sammite "Gruppы dvadtsati" v Gamburge
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastiye v sammite Gruppы dvadtsati v Gamburge - Sputnik Oʻzbekiston
G20 sammiti doirasida boʻlib oʻtgan prezidenntlar uchrashuvi AQSH va Rossiya orasida, dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan muammolarni hal qilish uchun, suhbatning boshlanishi boʻldi.

TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning birinchi yuzma-yuz uchrashuvi kecha Gamburgda “Katta yigirmatalik” sammiti doirasida boʻlib oʻtdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Yarim soatga moʻljallanga uchrashuv 2 soatdar ortiq choʻzilib ketdi. Unda dunyoning dolzarb muammolari muhokama qilindi. Prezidentlar, shuningdek, Rossiyaning AQSH saylovlariga aralashish masalasini ham oʻzaro muhokama qilishgan.

Prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tramp va Putinning ilk uchrashuvda qanday masalalar muhokama qilinadi?

Esingizda boʻlsa, Donald Tramp prezident boʻlgan kunidan boshlab uning raqibi Xillari Klinton tarafdorlari Rossiya xakerlari AQShdagi saylovlarga aralashishda ayblab kelmoqda. Ular bunga aniq isbot keltira olmasada, aytishlaricha “AQShning 17ta maxsus xizmati buni tasdiqlagan”.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aytishiga qaraganda, Tramp Putindan Rossiya AQSH prezident sayloviga aralashmagani haqida aniq javob olgan va ushbu javobni qabul  qilgan.

Undan tashqari uchrashuvda, Suriya, Ukraina va Shimoliy Koreya kabi dunyo xavfsizligiga tahdid qilayotgan muammalar muhokama qilingan.  Shuningdek,  AQSH va Rossiya orasidagi munosabatlar darajasi ham koʻrib chiqilgan.

AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Gerberg Makmaster aytishiga qaraganda Tramp va Putin uchrashuvida hech qanday murakkab masala hal qilinmagan.  

“Hech qanday muammo hal qilingani yoʻq. Hech kim ushbu uchrashuvda muammolar hal qilinishini kutmagan ham edi, lekin uchrashuv bir qator murakkab masalalar boʻyicha suhbatning boshlanishi boʻldi. Biz endi ularni hal qilish uchun birga ishlashni boshlaymiz”, — dedi maslahatchi.

Umuman, ikkala prezident ham uchrashuv natijalaridan qoniqqan. Tramp uchrashuvni kelajak nuqtai nazaridan “ajoyib” deb izohlagan.

Eslatib oʻtamiz, G20 sammita Germaniyaing Gamburg shahrida 7-8 iyul kunlari boʻlib oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala