Andijon viloyat IIB jinoyatchilikka qarshi kurashni "yangicha ishlash" tizimi asosida olib boradi

© AP Photo / Mikhail MetzelOʻzbek militsiya xodimlari
Oʻzbek militsiya xodimlari - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi yoʻnalishda tashkil etilgan xizmat viloyatning barcha shahar-tumanlarida ham faoliyat koʻrsatadi

TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Andijon viloyat Ichki ishar boshqarmasi mahalla bilan hamkorlikda "yangicha ishlash" tizimi asosida faoliyatni yoʻlga qoʻydi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.

Pustoye kreslo - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston IIV tizimida yangi rahbarlar tayinlovi amalga oshirildi
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mahalla bilan hamkorlikda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish borasida "yangicha ishlash" tizimi faoliyatini yoʻlga qoʻydi.

"Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi markaziy apparati xodimlari profilaktika xizmati xodimlariga yaqindan yordam berish va "yangicha ishlash" tizimini faoliyatini tashkillashtirishda koʻmaklashishi maqsadida Andijon shahar xududida joylashgan 83 ta mahallaga biriktirildi", — deyiladi xabarda.

Profilaktika inspektorlari mahalla posboni, fuqarolar yigʻinlarining faollari va jamoatchilik vakillari bilan har bir mahallalarga kirish joylarida, aholi koʻp toʻplanadigan va savdo komplekslari atroflarida tashkil etilgan "mahalla post"larida xizmat olib borishmoqda.

Yangi yoʻnalishda tashkil etilgan xizmat viloyatning barcha shahar-tumanlarida ham faoliyat koʻrsatadi, deb taʼkidlangan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala