Hodisalar

Oʻzbekiston rahbari Sindzo Abega hamdardlik bildirdi

© IA "Jaxon"Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Yaponiyaning Kyusyu orolida bir necha kundirki, jala quyishi davom etmoqda. Buning oqibatida yer koʻchishi va suv toshqinlari yuzaga kelmoqda

TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya Bosh vaziriga hamdardlik bildirdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Tashqi ishlar mahkamasi.

Liven - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Yaponiyada kuchli yogʻingarchiliklar tufayli aholi evakuatsiya qilinmoqda
"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe nomiga Fukuoka va Oita prefekturalaridagi keng koʻlamli tabiiy ofat natijasida koʻplab insonlarning halok boʻlishi va vayronliklar munosabati bilan maktub yoʻlladi.

"Chuqur taʼziyamni qabul qilishingizni va halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni soʻrayman, jabr koʻrganlar tezroq sogʻayib ketishini tilayman", — deyiladi Oʻzbekiston prezidenti yoʻllagan maktubda.

Eslatib oʻtamiz, Yaponiyaning janubi-sharqiy Kyusyu orolida jala quyishi oqibatida yuz bergan tabiiy ofat natijasida 18 kishi halok boʻlgan, hukumat esa yana 30 kishi bilan bogʻlana olmayapti.

Fukuoka va Oita prefekturalaridagi 1,8 ming kishi ayni vaqtda evakuatsiya markazlariga olib kelingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala