Xitoydan O‘zbekistonga yangi yuk yo‘nalishi bo‘yicha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Obuna bo‘lish
Ushbu yangi yuk temir yo‘l qatnovi Xitoyning 28 ta shaharlarini Yevropa 11 ta davlatining 29 ta shaharlari bilan o‘zaro bog‘laydi

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Kuni kecha Xitoy-Yevropa temiryo‘l orqali yuk tashuvlari loyihasi doirasida Xitoyning Szansi viloyatidan O‘zbekistonga yangi yuk yo‘nalishi bo‘yicha harakat ochildi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy eksport hajmini oshirishga kelishdi

Xabarda aytilishicha, po‘lat g‘altaklar, kiyim kechak va har kunlik iste’mol mollar yuklatilgan poyezd (poyezdagi yuklarining jami qiymati 1,8 mln dollarga teng) Ganchjou shahridan juma kuni O‘zbekistonga yo‘l oldi. Ushbu yuk poyezdi 12 kundan so‘ng Toshkentga yetib keladi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, 2011-yil avgust oyida Chunsin-Duysburg yo‘nalishi ochilganidan so‘ng, Xitoy va Yevropa hamda Markaziy Osiyo shaharlari o‘rtasida 4 mingdan ortiq yuk poyezdlari reysi amalga oshirildi.

Ushbu yangi yuk temir yo‘l qatnovi Xitoyning 28 ta shaharlarini Yevropa 11 ta davlatining 29 ta shaharlari bilan o‘zaro bog‘laydi.

2015 yil oktabr oyida Xitoyning Shandun provinsiyasidan O‘zbekistonga yuk poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-15 may kunlari Xitoyda davlat tashrifi amalga oshirilgan edi. Tashrif davomida Xitoy va O‘zbekiston orasida energetika, neftni qayta ishlash, elektrostansiyalarni zamonaviylashtirish, qishloq xo‘jaligi, kimyo sanoati, transport kommunikatsiyalari va boshqa sohalarga oid hujjatlar imzolangan edi.

Yangiliklar lentasi
0